«Arsenal» «Atletiko»ga imkon qoldirmadi, «Barsa» 6 ta, «PSJ» 7 ta gol urdi
|17:30 / 22.10.20258 78516 min
«Napoli» kutilmaganda safarda yirik hisobda yutqazdi, «Qayrat» deyarli 90 daqiqa bir kişi köp öynab gol urolmadi. Seşanba oqşomida YeÇLning 3-turi doirasidagi asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.
«Kanonirlar» bu mavsumda ham çempionlik uçun asosiy da’vogarlar qatorida ekanini namoyiş etmoqda. Arteta şogirdlari oldingi turlarda nisbatan osonroq raqiblar – «Atletik» va «Olimpiakos» ustidan 2:0 hisoblarida ğalaba qozongandi. Bu safar esa «Atletiko»ga qarşi öyin jamoa uçun ilk jiddiy sinov bölişi kutilgandi. Ammo Diyego Simeone jamoasi birinçi bölimda çuqur himoyalanib, darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan bölsa-da, tanaffusdan keyin 13 daqiqa içida törtta gol ötkazib yubordi. Avvaliga londonliklar odatdagi kabi standart vaziyatdan unumli foydalanişdi, Rays jarima zarbasidan töpni oşirib berdi, Magalyayns boşi bilan aniq zarba berdi. Keyin esa çap qanot himoyaçisi Lyuis-Skelli töpni jarima maydoniga qadar olib borib, Martinellini golli pas bilan ta’minladi. Golsiz seriyasi uçun tanqidga uçrayotgan Yokereş esa dubl rasmiylaştirdi. U dastlab Ezening zarbasidan keyin töpga ega çiqib, darvozani işğol etdi, keyin esa yana bir standart vaziyatni yakunlab berdi. Rays burçak zarbasidan keyin töpni olis ustun tomon yetkazdi, Magalyayns esa töpni darvozabon hududiga taşlab berdi va Viktor kerakli joyda paydo böldi. «Arsenal» uçinçi öyinda ham darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va uç öyinda uç ğalaba bilan peşqadamlar safida bormoqda.
«Qayrat» Çempionlar ligasidagi ilk oçkosini qölga kiritdi, ammo Almatidagi stadionga yiğilgan muxlislarni bu qoniqtirgani dargumon. Birinçidan, raqib Qozoğiston çempionlari yengişi mumkin bölgan jamoalar sirasidan edi, qolaversa, «Pafos» törtinçi daqiqadayoq Korreyaning çetlatilişi tufayli bir kişi kam bölib qoldi. Kiprliklar ozçilik holatda ham hujumlarda xavfli öynadi va öyin tugaşiga 20 daqiqa qolganida darvozani işğol qildi ham. Ammo hakamlar «Pafos»ning uşbu hujumi vaqtidagi ofsayd holatini qayd etib, «Qayrat»ning joniga ora kirdi. Şundan keyin Rafael Urazbaxtin şogirdlarida ham çinakamiga xavfli vaziyat yuzaga keldi, ammo Aradaning zarbasidan keyin töp darvoza ustuniga tegdi. Umuman, mezbonlar öyin davomida 22 marta zarba berdi, ammo şundan faqat 2 tasi darvoza sohasiga töğri bordi, mehmonlarda esa 9 zarbadan 6 tasi aniq böldi. Yakunda «Pafos» YeÇLda ikkinçi oçkosini qölga kiritdi.
Birinçi bölimda Fermin Lopes ikkita gol urdi. «Olimpiakos» esa ikkinçi bölim boşida turnirdagi ilk golini urib, öyinga intrigani qaytardi. Bu vaziyatda Erik Garsiya töpni qöli bilan öynadi va Al-Kaabi penaltini aniq ijro etdi. Ammo arbitrning keyingi qarori greklar zarariga böldi. Hakam töp uçun kuraş vaqtida Esse raqibning yuziga urib yuborgan deb topdi va argentinalik futbolçiga ikkinçi sariq kartoçkani körsatdi. Holbuki bu vaziyatda mezbonlar futbolçisi Kasado aktyorlik mahoratini işga solgandi, ammo VAR vaziyatga aralaşmadi va xatoni tuzatmadi.
Şundan keyin pireyliklarning kayfiyati tuşib ketdi va öyinning qolgan qismida kataloniyaliklar istaganini qilişdi. 68-daqiqada hakam Şnider yana bir bahsli qaror çiqardi, Reşford raqib jarima maydoni içida darvozabon bilan kontaktdan keyin yiqildi va mehmonlar darvozasiga penalti qöyildi, holbuki bu vaziyatda darvozabon töpga birinçi ulgurgandi. 11 metrlik zarbani Yamal aniq ijro etdi. Qolgan vaqt mobaynida Reşford dublni rasmiylaştirdi, Fermin esa uçinçi golini urdi – 6:1. E’tiborli jihati Lopes «Barsa» safida YeÇL öyinida het-trik qayd etgan ilk ispaniyalik futbolçiga aylandi. Kataloniyaliklar Yevropa maydonlarida sakkiz yarim yildan buyon bir öyinda oltita gol urmagandi (bunaqasi oxirgi marta «PSJ» bilan öşa maşhur öyindagi 6:1 hisobi bölgandi).
Erik ten Hag iste’foga çiqarilib, uning örniga Kasper Yulmann tayinlanganidan buyon mağlubiyatsiz seriya qayd etib kelayotgan «Bayyer» «PSJ» maşinasini töxtata olmadi. Bu jamoalar kunning eng sermahsul öyinini ötkazib berişdi – muxlislar jami töqqizta gol körişdi. Şundan yettitasi parijlik futbolçilar nomiga yozildi.
Yirik ğalabaga qaramay, Yevropaning amaldagi çempionlari himoyasida muammolar közga taşlanmoqda. Zabarniyning folidan keyin parijliklar darvozasiga penalti qöyildi, ammo Grimaldo bu imkoniyatdan foydalana olmadi, köp ötmay Andrix tirsagi bilan Duening yuziga urib yuborgani uçun qizil kartoçka oldi va mezbonlar bir kişi kam bölib qolişdi. Ammo Zabarniy yana hunar körsatdi va yana jarima maydoni içida qöpollik işlatib, ikkinçi penaltiga sababçi böldi, yetmaganiga qizil kartoçka olib maydonni tark etdi. «10 ga 10» formatida ham Luis Enrike şogirdlari mezbonlarga heç qanday imkoniyat qoldirmadi. Due dubl muallifiga aylandi. Uçinçi golli hujumda Dezirega assistentlik qilgan Kvaratsxeliya bölim oxirida kuçli zarba bilan hisobni tenglaştirdi. Ikkinçi bölim boşida Mendeş hisobdagi farqni oşirdi, zaxiradan öyinga qöşilgan Dembele ham öz golini urdi, sönggi daqiqalarda esa Vitinya yakuniy hisobni örnatdi – 7:2. Uç öyinda uç ğalabaga erişgan «PSJ» töplar nisbatiga köra yaxşiroq körsatkiçga ega bölgani uçun turnir jadvalini boşqarişda davom etmoqda.
«Vilyarreal» Holandning navbatdagi qurboniga aylandi, norvegiyalik hujumçi tezkor gol urib, rasmiy öyinlardagi golli seriyasini 12 taga yetkazib qöydi. Lyuisning uzatmasidan keyin töpni bir teginişda darvoza töriga yöllagan hujumçida YeÇLda ötkazgan öyinlaridan köra köproq golga ega – 51 öyinda 53 gol. Erling ikkinçi gol urilişida ham muhim rol öynadi, mezbonlar himoyaçilari Savinio aynan unga uzatma berişini kutib, Bernardu Silvani böş qoldirişgandi. Mezbonlar munosib qarşilik körsatişdi va xG böyiça nomdor raqibdan unçalik ortda qolmadi – 1,50 ga qarşi 1,38, zarbalar soni böyiça esa ustunroq ham böldi (11:10), ammo hujumlarni yakunlaşda oqsaş kuzatildi. Işonçli ğalabadan keyin «şaharliklar» 7 oçko bilan kuçli sakkizlikda qoldi, uç öyinda atigi bir oçko olgan «sariq submarinalar» esa umumiy jadvalning quyi qismiga şönğidi.
«Inter»da ideal start – uç turda uç ğalaba. YeÇLning ötgan mavsumi finalçisi bu safar Belgiyada «Yunion»ga rahm qilmadi. Mezbonlar öyinni yaxşi boşlagandi, ammo öz imkoniyatlaridan foydalana olmadi, Zommer ikki bor seyv qilişiga töğri keldi, yana bir vaziyatda himoyaçilardan biri töpni darvoza çiziği oldida töxtatdi. Şundan keyin mehmonlar taşabbusni öz qöliga ola boşladi va tanaffus arafasida Dumfris va Martinesning sa’y-harakatlari bilan ikki gol urişdi. Ikkinçi bölim boşida esa «neradzurrilar» penalti işladi, Çalxonöğli odatdagidek sovuqqonlik bilan aniq zarba berib, hisobni yiriklaştirdi. Keyin esa «Inter»ning yoş yulduzi Espozito asosiy yevrokubokdagi ilk golini nişonladi. Milanliklar ham xuddi «Arsenal» kabi uçinçi öyinda ham darvozasi daxlsizligini saqlab qolişdi.
Eyndhovenda esa sensatsiya qayd etildi. Italiyaning amaldagi çempioni «Napoli» Niderlandiyada oltita gol ötkazib yuborişini heç kim kutmagandi. Antonio Konte jamoasi mudofaasi şu kuni oçiq eşiklar kuni ötkazdi, şu tufayli Maktomineyning dubli durang uçun ham yetarli bölmadi. 76-daqiqada mehmonlar hujumçisi Lukka maydondan çetlatilişi hisob yiriklaşib ketişiga sabab böldi. Şundan keyin ruminiyalik vinger Man dublni rasmiylaştirdi, köpçilikka taniş bölmagan marokaşlik Drioş 1+1 qayd etdi. Italiya jamoalari YeÇLda ön yildan buyon bunça gol ötkazmagandi. Öşanda «Roma» «Barselona» tomonidan tor-mor etilgan (1:6). Ammo Yevropa grandiga bunday yutqaziş boşqa iş, odatda özi yirik hisobda yutqazib yuradigan PSVdan bunça köp gol ötkaziş boşqa iş, Niderlandiya jamoalari asosiy yevrokubokda 1979 yildan buyon bir öyinda 6 ta gol urgani ham köp narsani anglatadi.
«Borussiya» uçun barçasi ajoyib boşlandi – Nmeça jarima maydoni çiziği oldidan turib, töpni tösin ostidan darvoza töriga yölladi. Ammo «Kopenhagen» tarkibida şu kuni dortmundliklarga qarşi katta iştiyoq bilan töp surişi aniq bölgan futbolçi bor edi. Bu şu yozda «asalarilar» safidan Daniya klubiga ötgan Mukoko. Aynan uşbu forvard burçak zarbasidan keyin jarima maydoni markazidan kuçli zarba yöllab, mehmonlar mudofaasida vahima uyğotdi, Bensebaini töpni uzoqlaştirişga urinib, jamoadoşi Antonga qarata tepdi va avtogol yuzaga keldi. Lekin jazoirlik futbolçi ikkinçi bölimda penaltini aniq ijro etib, öz aybini yuvdi. Nmeçaning uzoq masofadan yöllagan yana bir aniq zarbasi esa öyin masalasini hal qildi. Öyin oxirida jamoalar bittadan gol urişdi va hisob 2:4 körinişini oldi. E’tiborli jihati, dortmundliklar uç turda ham törttadan gol urişmoqda, bundan oldingi turlarda «Yuventus» bilan 4:4, «Atletik» bilan 4:1 hisoblari qayd etilgandi.
Joze Mourinioning «Benfika» boş murabbiyligiga tayinlanganidan keyin Angliyaga qilgan ikkinçi safari ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Lissabonliklar «Çelsi» ortidan «Nyukasl»ga ham yutqazişdi. Hisob 0:0 holatida Lukebakio qulay vaziyatdan foydalana olganida öyin butunlay boşqaça keçişi mumkin edi, Gordon esa bölim örtalaridan ötganda öz imkoniyatidan aniq foydalanib, hisobni oçdi. Ikkinçi bölimda esa «Benfika» na hujumda, na himoyada yaxşi harakatlandi. Mezbonlarning zaxiradan tuşgan forvardi Barns 12 daqiqa içida dublni rasmiylaştirdi. E’tiborli jihati, uning birinçi goliga Poup hammualliflik qildi, u töpni qöli bilan otib, 59 metr masofaga yetkazib berdi.
Eddi Hau jamoasi qatorasiga ikkinçi yirik ğalabaga erişdi, uç öyinda ham yutqazgan «Benfika» esa turnir jadvalining quyi qismida.