1. Köngiloçar joylar va suv attraksionlarida vaqtni çoğ ötkaziş

Kuz faslida Dubayda joylaşgan moviy osmon ostidagi va usti yopiq istirohat boğlari va attraksionlarning xilma-xilligiga munosib baho beriş mumkin. Yoqimli kuz havosi kun davomida köçalar va oçiq tabiat qöynida sayr qiliş imkonini beradi, şahar mehmonlari özlari uçun har qanday ta’b va yoşga mos keladigan köplab köngiloçar maşğulotlarni tanlaşlari mumkin.

Dubayning attraksionli eng yaxşi parklari:

IMG Worlds of Adventure (usti yopiq), Motiongate Dubai, RIVERLAND Dubai, Real Madrid World Dubai, Legoland Dubai,

Global Village

Dubayning eng yaxşi suv parklari: Aquaventure Waterpark, Wild Wadi Waterpark, Legoland Water Park hisoblanadi.

2. Jamoat plyajlarida va şinam plyaj klublarida hordiq çiqariş va toblaniş

Dubay plyajlari – bu çigallarni yoziş uçun a’lo şaroitlarni yaratuvçi mayin qum va Fors körfazining feruzarang suvi. Bu yerda şezlonglar (quyoşda toblaniş uçun möljallangan moslamalar) va qahvaxonalardan tortib, to köngiloçar suv attraksionlarigaça barça zarur infratuzilma mavjud. Bundan taşqari, plyajlarning deyarli barçasidan şaharning maşhur osmonöpar binolariga kişini hayratga soluvçi manzara oçiladi. Kunduzi plyajda çömiliş va toblaniş mumkin, keçqurunlari esa qulay va şinam muhitda hamda gözal manzarani tomoşa qilgan holda oilaviy piknik uyuştiriş imkoniyati bor.