AQŞ prezidenti Donald Tramp yiliga 400 ming dollar maoş oladi. Bu Apple kompaniyasi boş direktori Tim Kukning maoşidan 186 barobarga kam. Turkiya yetakçisi Rajab Toyyib Erdöğanning oyligi va pensiyasini qöşgandagi daromadi 411 ming 800 lira. Eng köp maoş oladigan davlat rahbarlari reytingida birinçi örinni Singapur boş vaziri Lourens Vong egallaydi. Uning yillik daromadi 1,69 mln dollar. 

Prezidentlar nimadan tirikçilik qiladi, deb öylaydiganlar oramizda topilsa kerak. Ular ham el qatori maoş oladi. Davlat rahbarlarining daromadi qonun yoki maxsus qarorlar bilan belgilanadi va mamlakatga qarab farqlanadi. Maoşdan taşqari, prezidentlar köpinça davlat tomonidan moliyalaştiriladigan imtiyozlarga ham ega böladi. Xususan, yaşaş joyi, transport, xavfsizlik va tibbiy xizmatlardan ham tekin foydalanişadi. Kun.uz oçiq manbalar asosida bir qator mamlakat rahbarlarining daromadi haqidagi ma’lumotlarni keltirib ötadi.  

Tramp qança maoş oladi?

AQŞ prezidenti Donald Tramp yiliga 400 ming dollar işlab topadi, bu amaldagi prezidentlar uçun odatiy körsatkiç. Umumiy maoşga 50 ming dollarlik «xarajat nafaqasi», 100 ming dollarlik sayohat va 19 ming dollarlik dam oliş xarajatlari kirmaydi. Prezidentlarning maoşi AQŞ tarixida bor-yöği beş marta oşirilgan. Eng sönggisi Bill Klinton davrida sodir bölgan va Jorj Buş davridan amaliyotga tatbiq qilingan. Öşa vaqtdan beri Amerika prezidentlari standart – yillik 400 ming dollardan maoş olişadi va ularning oyliklari inflatsiyaga indeksatsiya qilinmaydi. Taqqoslaş uçun, Apple kompaniyasi boş direktori Tim Kukning 2024 yildagi maoşi Trampnikidan 186 barobarga köproq – 74,6 mln dollar. 

Kanada boş vaziri Mark Karnining yillik daromadi qariyb 289 ming dollarni taşkil etadi. Bu summa parlament a’zosi maqomidagi asosiy maoş (144,3 ming dollar) va Boş vazir uçun qöşimça tölovni (144,3 ming dollar) öz içiga oladi. Karni uçun «24 Sussex» va «Harrington Lake» kabi rezidensiyalar ajratilgan, uning safar va xavfsizlik xarajatlari Kanada budjet hisobidan moliyalaştiriladi.