Yevropa yetakçilari AQŞ prezidenti Donald Trampning keyingi muzokaralar uçun Ukrainadagi töqnaşuv çiziği böylab harbiy harakatlarni muzlatiş haqidagi taklifini qöllab-quvvatladi. Tegişli bayonot 21 oktyabr, seşanba kuni Britaniya boş vaziri Kir Starmer idorasi tomonidan e’lon qilindi.
«Biz prezident Trampning harbiy harakatlarni zudlik bilan töxtatiş va hozirgi töqnaşuv çiziği muzokaralar uçun boşlanğiç nuqta bölişi kerakligi haqidagi pozitsiyasini qat’iy qöllab-quvvatlaymiz», — deyiladi bayonotda.
«Rossiyaning çöziş taktikasi Ukraina haqiqatan tinçlik tarafdori bölgan yagona tomon ekanligini qayta-qayta körsatdi. Biz hammamiz Rossiya rejimi zöravonlik va vayronagarçilikni tanlaşda davom etayotganini körib turibmiz», — deyiladi bayonotda.
Siyosatçilarga köra, Ukraina «eng kuçli pozitsiyada bölişi kerak — har qanday sulhdan oldin, uning davomida va keyin». Yevropa yetakçilari Rossiya iqtisodiyoti va uning mudofaa sanoatiga bosimni kuçaytiradi va «Ukraina zarur resurslarni olişi uçun Rossiyaning muzlatilgan suveren aktivlaridan maksimal darajada foydalaniş» çoralarini işlab çiqmoqda.
Keyingi qadamlar 24 oktyabr kuni Londonda bölib ötadigan Yevropa kengaşi va «köngillilar koalitsiyasi» formatida muhokama qilinadi.
Bayonotni Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya boş vaziri Jorja Meloni, Polşa boş vaziri Donald Tusk, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen, Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koşta, Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Stere, Finlandiya prezidenti Aleksander Stubb, Daniya boş vaziri Mette Frederiksen va Ukraina yetakçilik Volodimir Zelenskiy imzoladi.











