Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

AQŞning Rossiyaga eng jiddiy sanksiyalari

AQŞ 22 oktyabr kuni Rossiyaning yirik neft kompaniyalariga qarşi sanksiyalar joriy qildi va Rossiyani Ukrainadagi uruşni tugatişga sadoqatsizlikda aybladi. Yangi sanksiyalar AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasidagi sammit rejalari barbod bölganidan bir kun ötib e’lon qilindi.

AQŞ Moliya vazirligi ma’lum qilişiça, sanksiyalar Rossiyaning eng yirik ikki kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoyl»ni nişonga olgan. Maqsad — Moskvaning uruş maşinasini moliyalaştiriş imkoniyatini zaiflaştiriş.

«Endi qon tökişni töxtatiş va darhol sulh e’lon qiliş vaqti keldi», — dedi AQŞ moliya vaziri Skott Bessent. Uning sözlaridan söng neft narxi bir barrel uçun 2 dollardan ortiq oşdi.

Tramp şuningdek, Ukrainaga uzoq masofali Tomahawk raketalarini berişga hali tayyor emasligini bildirdi. NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan uçraşuvda u «ularni işlatişni örganiş uçun ukrainaliklarga kamida olti oy kerak böladi», dedi.

«Har safar Vladimir bilan gaplaşaman — suhbatlar yaxşi ötadi, lekin natija bölmaydi», dedi u. — «Ular heç qayoqqa olib bormaydi». Sanksiyalar haqida esa u qisqa javob berdi: «Bu töğri vaqt edi, şunçaki şunday his qildim», — dedi Tramp.

Bu sanksiyalar AQŞ tomonidan Rossiya energetika sektoriga qarşi uruş boşlanganidan beri qöllangan eng muhim çoralar böldi. Mutaxassislar sanksiyalar ijrosi va nazorati ularning samaradorligini belgilaşini ta’kidlamoqda.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ham çorşanba kuni Rossiyaga qarşi 19-sanksiyalar paketini ma’qulladi, u Rossiyadan suyuq tabiiy gaz importini taqiqlaşni öz içiga oladi.

Rossiya strategik yadro kuçlarini jalb etgan holda maşğulot ötkazdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 22 oktyabr kuni mamlakatning yadro kuçlarini boşqariş böyiça rejalaştirilgan maşğulot ötkazilganini ma’lum qildi.

«Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuçlarining Oliy Boş qömondoni rahbarligida strategik yadro kuçlarining yer, dengiz va havo qismlarini jalb etgan holda maşğulot ötkazildi», deyiladi Kreml bayonotida.