Ijtimoiy tarmoqlarda qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş yoki ötkaziş, şuningdek, xizmatlar körsatişga kömaklaşiş faoliyatini amalga oşirib kelgan bir neçta şaxslardan taşkil topgan jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi. Qölga olingan jinoiy guruh a’zolari xorijiy onlayn qimor kompaniyalariga xizmat körsatib, qimor öyinlari orqali olingan mablağlarni turli kriptovaluta platformalari orqali ötkazgan va legallaştirgan.
Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida tört dona mobil telefon va pul yuviş uçun foydalanilgan 21 dona bank kartalari, şuningdek, bir dona noutbuk aşyoviy dalil sifatida olindi. Hujjatlar rasmiylaştirilib, tergov bölimiga topşirilgan.
Mazkur holat böyiça olib borilayotgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida gumonlanuvçi şaxs özi va şeriklarini jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi mas’ul rahbarlaridan biriga 50 000 AQŞ dollari miqdorida pora taklif qiladi.
«Fuqaro E.ga nisbatan töplangan hujjatlar böyiça qonuniy çora körmaslik hamda kelgusida uşbu jinoiy xatti-harakatlarini davom ettiriş böyiça menga 50 000 AQŞ dollari berişini taklif qilib, men unga, fuqaro E.ga uşbu xatti-harakatlari Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi, ya’ni pora beriş bilan javobgarlik masalasi körib çiqilişini ogohlantirişimga qaramasdan, uşbu 50 000 AQŞ dollari takliflarini beravergandan söng, men örnatilgan tartibda boş boşqarma boşliğiga yozma ravişda murojaat qildim», deydi pora taklifini olgan xodim.
Içki işlar xodimi holat böyiça Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi rahbariyatiga bildirgi orqali murojaat qiladi. Xodimning bildirgisi asosida Içki işlar vazirligi Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi Toşkent şahar böyiça boşqarmasi va prokuratura xodimlari bilan ötkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvçi Içki işlar organlari mas’ul rahbarining xizmat xonasiga kirib, pora tariqasida 50 000 AQŞ dollarini bergan vaqtida daliliy aşyolar bilan uşlandi va bu jarayon xolislar iştirokida bayonnoma asosida rasmiylaştirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçiga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov davom etmoqda.











