Tergovga qadar tekşiruvlar davomida gumonlanuvçi iPhone smartfonlarini “arzon” narxda sotişni va’da qilib, xaridorlarning işonçini qozongani, oldindan pul undirib olgani ma’lum böldi. U e’lonlar platformasida soxta ma’lumotlar qöygan, Telegram'da ayollar ism-şariflariga öxşaş taxalluslar bilan 10 ga yaqin akkaunt oçgan va özini boşqa şaxs sifatida taniştirgan.

Içki işlar organlari ma’lumotiga köra, Nurafşon, Ohangaron, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq, Böka, Qibray va Toşkent tumanlarida sodir etilgan şunga öxşaş 8 ta jinoyat ayni uşbu şaxsga tegişli.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b, g” bandlari (firibgarlikning oğirlaştiruvçi holatlari) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB fuqarolarni ogohlikka çaqirib, şubhali onlayn savdolarga işonmaslikni söradi.