Toshkentda yashovchi Jamila Olimboyeva yigiti Shahzod Rismatovni firibgarlikda ayblamoqda: uning da’vo qilishicha, Rismatov aldov yo‘li bilan uning uyini Sanjar Karimovga rasmiylashtirib berib, evaziga Karimovdan qarzga pul olgan. Sanjar Karimov esa uyni egalaridan 240 ming dollar naqd to‘lov evaziga sotib olganini aytib chiqdi. “Kuyov”ga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga chiqqan.

Toshkent shahrida yashovchi Jamila Olimboyevaning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokamalarga sabab bo‘ldi. Qiz o‘z chiqishlarida oilasi bilan firibgarlik qurboni bo‘lganini aytmoqda.

Jamila Olimboyevaga ko‘ra, u bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Shahzod Rismatovga ishonib, 2024 yilda oilasi bilan uyidan ayrilib qolgan.

Olimboyevaning da’vo qilishcha, Shahzod Rismatov uning uyini aldov yo‘li bilan Sanjar Karimovga rasmiylashtirib bergan hamda evaziga undan qarzga pul olgan.

Sanjar Karimov esa uyni naqd 240 ming dollarga sotib olib, pulni Olimboyevaning otasiga naqd sanab bergani, aslida ularni uydan chiqarib yubormay bag‘rikenglik qilganini aytib chiqdi.

Kun.uz'ning aniqlashicha, holat yuzasidan Shahzod Rismatovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirilgan.

“Kelin” nima dedi?

Jamila Olimboyeva o‘z chiqishlarida Shahzod Rismatov bilan oila qurmoqchi bo‘lganini, biroq u aldab, qochib ketganini, oqibatda uylaridan ayrilib qolishganini bildirgan.

2023 yili boshlaridan Shahzod Rismatov degan bola bilan tanishganman. Menga bir necha marta sovchi jo‘natdi. Keyin gaplashib yurganmiz. O‘zini yaxshi bola sifatida ko‘rsatardi. 2024 yil 15 sentabrga to‘yimizni belgilashdi.

Oilada kenja farzandman, ota-onam 70 yoshga borib qolgan. Shahzodni o‘zlarining o‘g‘illaridan ham ko‘proq yaxshi ko‘rishardi. U o‘zini “Malika” bozorida ishlayman, u yerda telefon, texnikalar tarqataman, deb ko‘rsatardi. Men uydagilarim bilan bu shu ishdan pul topadi deb o‘ylardik.

Keyin Sanjar Karimov ismli odam bilan tanishib, aka-uka bo‘lib qolishdi. Chunki Shahzod o‘ziga har xil qimmat mashinalarni sotib olishni boshladi. O‘sha paytda unda 5 ta mashina bor edi.

Shahzod to‘yimizga 25 kun qolganda kayfiyatsiz yurdi. Sababini so‘rasam, “Menda pul bilan muammo bo‘lyapti”, deb tushuntirdi. Keyin dadam Shahzodni uyga chaqirdi