AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Budapeştda ötkazilişi rejalaştirilgan uçraşuv bekor qilinganini tasdiqladi. «Biz prezident Putin bilan uçraşuvni bekor qildik. Menga şunçaki bu notöğri tuyuldi. Biz kerakli nuqtaga yetişa olmasdik, deb öyladim. Şuning uçun men uni bekor qildim. Ammo buni kelajakda qilamiz», — dedi Tramp jurnalistlarga Yevropa vaqti bilan payşanba, 23 oktyabr keçasi Oq uyda bölib ötgan brifing davomida.
Rossiya prezidenti özi boşlagan Ukrainaga qarşi uruşni tugatişni hamon istaydi, deb hisoblaysizmi, degan savolga Tramp ijobiy javob berdi, deya xabar berdi CNN telekanali. «Menimça, ular tinçlikni istaşyapti, menimça, ularning ikkalasi ham (RF prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy) tinçlikni istaydi», — dedi Tramp va «bu uruşni tugatiş vaqti kelganini» qöşimça qildi. U, agar özi prezident bölganida, «bu uruş heç qaçon boşlanmas edi», deb ta’kidladi.
Şu bilan birga, Tramp Rossiya bilan uruşni töxtatiş böyiça muzokaralar sur’ati sekinligidan uçraşuvlardan qoniqmasligini tan oldi. «Rostini aytsam, yagona ayta oladigan gapim şuki: har gal Vladimir (Putin) bilan gaplaşsam, suhbatlarimiz yaxşi ötadi, ammo keyin ular heç narsaga olib kelmaydi», — deya yana ta’kidladi Donald Tramp.
Bir kun avval, xuddi şu Oval kabinetda AQŞ prezidenti Kreml rahbari bilan uçraşuv haqidagi qaror keyingi ikki kun içida qabul qilinişini aytgan edi. Öşanda Tramp jurnalist savoliga javoban: «Men befoyda uçraşuvni xohlamayman. Vaqtni bejizga sarf qilgim kelmaydi, şunday ekan, nima bölişini köramiz», — degan.
16 oktyabr kuni Putin bilan telefon orqali suhbatdan söng Tramp kelasi hafta (20–26 oktyabr) RF va AQŞ delegatsiyalari muzokaralari bölib ötişini, AQŞ delegatsiyasiga davlat kotibi Marko Rubio rahbarlik qilişini ma’lum qilgan edi. AQŞ prezidenti şundan keyin u özi şaxsan Vengriya poytaxtida Rossiya prezidenti bilan uçraşişini e’lon qilgan. Şu bilan birga, u Ukrainani uzoq masofali Tomahawk qanotli raketalari bilan ta’minlaş töğrisida qaror qabul qilişni ortga surgan, 23 oktyabr keçasi esa ulardan foydalaniş böyiça öqitişga olti oydan bir yilgaça vaqt talab etilişini, ammo AQŞ bunday öqitişni rejalaştirmayotganini aytgan.
Şu paytda AQŞ Moliya vazirligi Rossiyadagi eng yirik ikki neft kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoyl» — hamda ularning şu’balariga Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça «Rossiyaning jiddiy qiziqişi yöqligi» munosabati bilan qöşimça sanksiyalar joriy etdi.











