«Har safar Vladimir bilan yaxşi suhbatlar böladi, lekin natija bölmaydi. Menimça vaqt keldi», deya sanksiyalarga izoh berdi Tramp. AQŞ Moliya vazirligiga köra, sanksiyalar Rossiyaning eng yirik ikki kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoyl»ni nişonga olgan. Maqsad — Moskvaning uruş maşinasini moliyalaştiriş imkoniyatini zaiflaştiriş.

AQŞ 22 oktabr kuni Rossiyaning yirik neft kompaniyalariga qarşi sanksiyalar joriy qildi va Rossiyani Ukrainadagi uruşni tugatişga sadoqatsizlikda aybladi. Yangi sanksiyalar AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasidagi sammit rejalari barbod bölganidan bir kun ötib e’lon qilindi. Tramp jurnalistlarga «bu uçraşuv menga töğri tuyulmadi» deb aytdi.

AQŞ Moliya vazirligi ma’lum qilişiça, sanksiyalar Rossiyaning eng yirik ikki kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoyl»ni nişonga olgan. Maqsad — Moskvaning uruş maşinasini moliyalaştiriş imkoniyatini zaiflaştiriş.

Reutersʼning yozişiça, bu qaror Oq uy siyosatida keskin buriliş böldi: Vaşington sönggi oylar davomida Moskvaga bosim ötkaziş va murosaga intiliş örtasida ikkilanişda edi. Faqat ötgan hafta Tramp Rossiyaga qarşi yangi çoralardan tiyiliş tarafdori edi.

«Endi qon tökişni töxtatiş va darhol sulh e’lon qiliş vaqti keldi,» — dedi AQŞ moliya vaziri Skott Bessent. Uning sözlaridan söng neft narxi bir barrel uçun 2 dollardan ortiq oşdi.

Tramp uzoq vaqt davomida Kongress bosimiga qaramay Rossiyaga energiya sanksiyalarini joriy etişdan boş tortib kelgan. U Putin jangni töxtatişga rozi bölişiga umid qilgan. Ammo uruş tugaş belgisi körinmagaç, u «vaqt keldi» deb hisobladi.

Tramp şuningdek, Ukrainaga uzoq masofali «Tomahawk» raketalarini berişga hali tayyor emasligini bildirdi. NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan uçraşuvda u «ularni işlatişni örganiş uçun ukrainaliklarga kamida olti oy kerak böladi,» dedi.