Rossiyaga qarşi Yevropa sanksiyalar tizimiga qöşiliş — Serbiyaning YeIga a’zo bölişi uçun majburiy şart. Bunday rezolyutsiyani Yevropa parlamenti çorşanba, 22 oktyabr kuni ma’qulladi. 720 deputatdan 457 nafari «yoqlab», 103 nafari «qarşi» ovoz berdi, 72 nafari neytral qoldi. YeP rezolyutsiyalari YeIning boşqa institutlariga siyosiy pozitsiya va çaqiriqni ifodalaydi, ammo bajarilişi şart bölgan körsatma hisoblanmaydi.

Rezolyutsiya Serbiyaning Novi-Sad şahridagi fojia (unda 16 kişi halok bölgan) sanaci yaqinlaşayotganiga bağişlangan. Şu voqeadan söng mamlakatda köpsonli namoyişlar boşlangan edi. Yevropa parlamenti norozi bölgan fuqarolarning namoyiş ötkaziş huquqini qöllab-quvvatladi va hokimiyatning tarqatiş harakatlarini qoraladi.

Yevrodeputatlar, şuningdek, Serbiyada hukumatga böysunuvçi OAV va mansabdorlar tomonidan olib borilayotgan «antiyevropa va rusparast propaganda»ga işora qildi. Rezolyutsiyada Serbiyada erkin va adolatli saylovlar ötkazişga çaqiriq bor.

«Parlament Serbiyaning YeIga a’zo böliş istiqbollariga qat’iy sodiqligini ta’kidlaydi, biroq bu demokratiya, qonun ustuvorligi va asosiy huquqlar sohasida sezilarli taraqqiyot, şuningdek YeIning umumiy taşqi va xavfsizlik siyosatiga töliq moslaşiş va Rossiyaga qarşi sanksiyalarga qöşiliş şarti bilan», — deyilgan matnda.

Rezolyutsiyaga köra, YeI vakillaridan iborat delegatsiya «joyiga çiqib vaziyatni, şu jumladan demokratiya holatini baholaş uçun» Serbiyaga yuboriladi.

Ilgari Serbiya bir neça bor Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etiş niyati yöqligini bildirgan. Prezident Aleksandr Vuçiç şunday bayonotlar bilan 2025 yil iyul va avgust oylarida çiqiş qilgan edi.

22 oktyabrdagi YeP rezolyutsiyasi haqida Vuçiç TANYuG agentligiga «unda patologik yolğon bor», deb izoh berdi. Siyosatçining sözlariga köra, hujjat ortida Serbiyada «rangli inqilob» uyuştirişga intilgan Xorvatiya turadi.