Juma kuni kunduzi va dam oliş kunlari Özbekiston böyiça iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda Özgidromet.
25–26 oktyabr kunlari Toşkent viloyatining toğli hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, baland toğli hududlarda qorga aylanişi mumkin.
Dam oliş kunlari havo harorati asta-sekin pasayişni boşlaydi va 25 oktyabrda +23…+28 darajani, 26 oktyabrda +21…+26 darajani, şimolda 25–26 oktyabrda +19…+24 darajani taşkil etadi.
Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.
Toşkent şahrida havo özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Şanba kuni kunduzi havo harorati +25…+27 daraja, yakşanba kuni +24…+26 daraja böladi. Harorat keçasi +13…+15 daraja atrofida bölişi kutilmoqda.

















