Reuters agentligining 23 oktyabr, payşanba kuni sanoat manbalariga tayanib xabar berişiça, Hindiston neftni qayta işlaş zavodlari Rossiyaning eng yirik ikki işlab çiqaruvçisiga qarşi AQŞning yangi sanksiyalariga rioya qiliş uçun Rossiya neftini sotib olişni sezilarli darajada kamaytirişga tayyorlanmoqda. Bu harakat Qöşma Ştatlar bilan savdo bitimiga asosiy tösiqlardan birini olib taşlaşi mumkin.

Hindiston hozirda Qöşma Ştatlarga eksport qilişda 50 foizlik tariflarga duç kelmoqda, ularning yarmi Rossiya neftini sotib olgani uçun qasos sifatida joriy qilingan. Nyu-Dehli Rossiyadan xom neft importini bosqiçma-bosqiç kamaytiriş evaziga tariflarni boşqa Osiyo mamlakatlari bilan moslaştirişi mumkin bölgan kelişuv böyiça muzokaralar olib bormoqda.

Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga töliq miqyosda bostirib kirişidan söng, Hindiston çegirmali Rossiya neftining eng yirik xaridoriga aylandi va joriy yilning dastlabki töqqiz oyida kuniga taxminan 1,7 million barrel import qildi.

Reuters agentligiga vaziyatdan xabardor ikki manbaning xabar berişiça, eng yirik xususiy kompaniya va Rossiya nefti asosiy xaridori bölgan Reliance Industries importni kamaytiriş yoki butunlay töxtatişni rejalaştirmoqda. «Rossiya neft importi hajmlarini körib çiqiş davom etmoqda va Reliance öz harakatlarini Hindiston hukumati körsatmalariga töliq moslaştiradi», dedi kompaniya vakili.

Masaladan xabardor manbaning sözlariga köra, davlatga tegişli Indian Oil Corp, Bharat Petroleum Corp va Hindustan Petroleum Corp ham AQŞ sanksiyalari joriy etilgandan söng "Rosneft" va "Lukoyl"dan töğridan töğri mahsulot yetkazib berilmasligini ta’minlaş uçun şartnomalarni körib çiqmoqda.