Özbekiston hukumati fuqarolari respublikaga 30 kun muddatga vizasiz kirişi mumkin bölgan davlatlar röyxatiga yana yettita davlatni qöşdi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga (.pdf) köra, bunday huquqqa Bahrayn, Ömon, Iordaniya, Qatar, Xitoy, Kuvayt va Saudiya Arabistoni fuqarolari ega böldi.

Xuddi şu hujjat 12 mamlakat: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Fransiya, Çexiya, Şveytsariya va Yaponiya fuqarolari uçun biznes-viza rasmiylaştirişni 2 kunlik muddat bilan çeklaydi. BAA, Eron va Pokiston fuqarolari 3 kun içida biznes-viza olişi mumkin.

Hozir fuqarolari Özbekistonga kiriş uçun viza oliş haqida qayğurmaydigan davlatlar 86 ta.

Röyxatga eng sönggi qöşilgan davlat Xitoy bölib, uning fuqarolari Özbekistonga 7 kun muddatga vizasiz kirişi mumkin edi. Endi ular uçun bu muddat 30 kungaça uzaytirildi.