Rubio anneksiya «kontrproduktiv» bölib, tinçlik kelişuviga «tahdid solişi»ni ta’kidlagan. «Hozir biz buni qöllab-quvvatlay olmaymiz», dedi Rubio Isroilga jönab ketişdan oldin. u yerda öt oçişni töxtatiş böyiça nozik kelişuvni mustahkamlaş böyiça diplomatik işlarga kömaklaşiş uçun borgan.

Avvalroq Isroil Knessetining ultraöng qanoti a’zolari Isroilga Ğarbiy sohilni qöşib oliş huquqini beruvçi qonun loyihasini ma’qullagandi, şu bilan birga, bu ultraöng qanot parlamentariylarining mamlakat boş vaziri Benyamin Netanyahuni noqulay ahvolga solib qöyiş va uni siyosiy manyovr qiliş imkoniyatidan mahrum qilişga urinişi bölib köringandi.

Netanyahu avvalroq Ğarbiy sohildagi yerlarni qöşib olişni qöllab-quvvatlagan, biroq Isroilning eng muhim ittifoqçisi bölgan AQŞ va önlab yillar davom etgan duşmanlikdan söng Isroil bilan munosabatlarni yölga qöyişni boşlagan arab davlatlari bilan munosabatlarni buzişdan qörqib, bu ğoyani ilgari surmagan.

Netanyahuning hukmron koalitsiyasidagi ultramillatçilar bir neça bor Isroilni Ğarbiy sohilni töliq qöşib olişga çaqirgan, ammo qonun loyihasi hukumatga kirmaydigan deputatlar tomonidan ilgari surilgan. U Knessetdagi köpçilik tomonidan qöllab-quvvatlanadimi yoki yöqmi, bunisi noma’lum, boş vazir esa uni keçiktiriş yoki rad etiş imkoniyatiga ega.

BMTning oliy sud instansiyasi – Xalqaro sud ötgan yili Isroil okkupatsiyasini noqonuniy deb topgandi.

Sud Isroil bosib olingan Ğarbiy sohil va Şarqiy Quddusdagi köçiriş faoliyatini töxtatişi va bu hududlar va Ğazo sektorining «noqonuniy bosib olinişi»ga imkon qadar tezroq çek qöyişi kerak, degan qarorga keldi. Biroq, sudning xulosasi tavsiyaviy xarakteriga ega bölib, majburiy kuçga ega emas.

Falastinliklar 1967 yildan beri Isroil tomonidan bosib olingan Ğarbiy sohilni özlarining bölajak mustaqil davlatining bir qismi deb bilişadi. Falastin muxtoriyati taşqi işlar vazirligi Knesset qarorini qoralab, Isroil Falastin yeri ustidan suverenitetga ega bölmasligini ma’lum qildi.

Ğarbiy sohil va Şarqiy Quddusni bosib oliş paytida Isroil 700 000 yahudiy istiqomat qiladigan 160 ga yaqin aholi yaşaş manzilgohlarini qurgan. Hisob-kitoblarga köra, ular bilan qöşni hududda 3,3 million falastinlik istiqomat qiladi.

Rubioning taşrifi AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens va prezident Trampning ikki maxsus elçisining mintaqaga taşrifidan söng boşlanadi. Amerika ma’muriyati tomonlarni Trampning 20 banddan iborat tinçlik rejasining ikkinçi bosqiçi böyiça muzokaralarni boşlaşga undamoqda.