Falastindagi asosiy siyosiy kuçlar, jumladan HAMAS, juma kuni, 24 oktyabrda, Ğazo sektorida hokimiyatni texnokratlar qömitasiga topşirişga tayyor ekanini ma’lum qildi. Turli Falastin kuçlari örtasida mos kelişuv Qohiradagi uçraşuvda erişilgani haqida AFP xabar berdi.

Muzokaralar yakunidagi bayonotda «mustaqil texnokratlardan iborat vaqtinçalik Falastin qömita»si «dunyoviy ta’minot masalalari va asosiy xizmatlarni arab birodarlar hamda xalqaro institutlar bilan hamkorlikda» amalga oşirişi aytilgan. Şuningdek, fraksiyalar «çaqiriqlarga qarşi umumiy pozitsiya işlab çiqiş ustida işlaş»ga kelişib olgani qayd etilgan. Ularning vakillari bilan Misr razvedka xizmati rahbari Hasan Raşad ham uçraşgan.

Bundan taşqari, HAMAS Qohirada Falastinning Milliy ozodlik harakati — FATH rahbariyati bilan ham uçraşuv ötkazgani haqida AFP manbasi ma’lum qildi. Uzoq yillar davomida uşbu taşkilotlar örtasida nizo mavjud edi, hozir esa Ğazo uruşiga barham beriş rejasining ikkinçi bosqiçini (hududda hokimiyat almaşişini nazarda tutadi — tahr.) muhokama qilgan va «yaqin vaqtlarda uçraşuvlarni davom ettiriş, Isroil hukumati çaqiriqlari oldida Falastin içki frontini taşkil etiş ustida işlaş»ga kelişgan.

Oktyabr boşida harakat AQŞ prezidenti Donald Tramp taklif etgan rejaga muvofiq Ğazo sektori boşqaruvini falastinlik texnokratlardan şakllantirilgan mustaqil organga topşirişga rozi ekanini tasdiqlagan edi.

Öşanda HAMAS barça tirik isroillik garovdagilarni ozod qiliş va halok bölganlarning jasadlarini topşirişga ham tayyorligini aytgan. Otişma töxtatilgandan söng tirik qolgan 20 nafar garovdagi şaxs birdaniga Isroilga qaytarildi. Biroq 22 oktyabrga qadar HAMAS halok bölgan 28 kişidan faqat 15 nafarining jasadini topşirdi — rejaga köra barça qoldiqlar uç kun içida Isroilga yetkazilişi kerak edi.

13 oktyabr kuni Misrning Şarm aş-Şayx şahrida 20 dan ortiq jahon yetakçilari iştirokida xalqaro «tinçlik sammiti» ötkazildi. Unda Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça deklaratsiya imzolandi. Vositaçi davlatlar — Misr, Qatar, Turkiya va AQŞ — kelişuvlarga rioya etilişini kafolatlaşga tayyor ekanini bildirdi, mazkur kelişuvlar Ğazodagi uruşga çek qöyişni közlaydi.

Biroq oradan bir neça kun ötgaç, kelişuv bajarilişi xavf ostida qoldi. 19 oktyabr tongida Isroil armiyasi HAMASni isroillik askarlarga qilingan hujumda ayblab, ikki harbiy halok bölganini bildirdi. Isroil Ğazo böylab HAMASning önlab nişonlariga zarbalar berdi va 20 oktyabr tongigaça gumanitar yordam yetkazib berişni töxtatib qöydi.