Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Ğazoda hokimiyat texnokratlarga topşiriladi

Falastindagi asosiy siyosiy kuçlar, jumladan HAMAS 24 oktyabrda, Ğazo sektorida hokimiyatni texnokratlar qömitasiga topşirişga tayyor ekanini ma’lum qildi. AFP naşriga köra, Falastin turli guruhlari örtasidagi uşbu kelişuvga Qohiradagi uçraşuvda erişilgan.

Muzokaralar yakunidagi bayonotda hududda «mustaqil texnokratlardan iborat vaqtinçalik Falastin qömita»si taşkil qilinişi aytiladi. Ular «ta’minot masalalari va asosiy xizmatlarni arab birodarlar hamda xalqaro institutlar bilan hamkorlikda» amalga oşiradi.

Bundan taşqari, Hamas Falastinning Milliy ozodlik harakati — FATH rahbariyati bilan ham uçraşuv ötkazdi. Uzoq vaqt bir-biri bilan adovatda bölgan guruhlar «yaqin vaqtda uçraşuvlarni davom ettiriş, Isroil hukumati xavflari oldida Falastin içki frontini taşkil etiş ustida işlaş»ga kelişgan.

Oktabr boşida AQŞ prezidenti Donald Tramp taklif etgan rejaga muvofiq Ğazo sektori boşqaruvi falastinlik qömitaga topşirilişi kerak edi. Bunga guruh rozi bölgan. Isroil esa Hamas butunlay ketişini xohlamoqda.

AQŞ Ğazodagi sulhni nazorat qiliş uçun dronlar uçirmoqda

AQŞ harbiylari sönggi kunlarda mört sulh bitimining nazorati doirasida Ğazo sektorida kuzatuv dronlarini işlatişni boşladi.

Amerika harbiylariga köra, dronlar Isroil roziligi bilan Ğazodagi yerusti harakatlarini kuzatiş uçun işlatilmoqda. Ularning ta’kidlaşiça, dronlarning parvoz yönalişlari oşkor etilmaydi.

Kuzatuv missiyalari AQŞ Markaziy qömondonligi Isroil janubida taşkil etgan yangi Fuqaroviy-harbiy muvofiqlaştiriş markaziga yordam sifatida amalga oşirilmoqda. Markazning vazifalaridan biri — sulhni nazorat qiliş.

AQŞ harbiylari ilgari ham Ğazoda garovdagilarni topiş uçun dronlardan foydalangan. Lekin sönggi razvedka faoliyati AQŞ Isroildan mustaqil ravişda, Ğazodagi vaziyat haqida öz tasavvuriga ega bölişni istayotganini körsatmoqda.

Sulhni nazorat qilişga mas’ul AQŞ Davlat departamenti dronlarga oid savollarga javob bermadi.