Isroil Ğazo sektorida Falastinning «Hamas» harakatiga qarşi kuraşmoqçi bölgan törtta köngilli guruhni qöllab-quvvatlamoqda. Bu haqda köngillilar yetakçilaridan biri Xussam Astalga tayanib, Sky News xabar berdi.
Isroil, xususan, köngillilar bazasiga oziq-ovqat yetkazib beryapti. Köngillilar 30 ga yaqin oilaga asosiy tibbiy va ta’lim yordamini körsatmoqda, dedi Astal.
«Biz hammamiz «yangi Ğazo» tarafdorimiz. Tez orada Ğazo sektori ustidan töliq nazoratni qölga kiritamiz va birlaşamiz», dedi Astal.
Ta’kidlanişiça, ular öq-dorilar va texnikani Isroil harbiylari nazorati ostida olmoqda, qurollarning bir qismini qora bozordan sobiq hamasçilardan sotib olyapti.
«Köngillilar mahalliy aholini oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta’minlab, gumanitar yordam körsatayotgandek körinadi, ammo aslida Ğazoda rejim özgarişi uçun zamin tayyorlaydigan parallel hokimiyat tizimini şakllantiradi», deyiladi xabarda.
Boşqa guruhlarga Yosir Abu Şabab, Ramiy Xalas va Aşraf al-Mansiy rahbarlik qilmoqda. Köngilli kuçlar Isroil nazorati ostidagi hududlarda, «sariq çiziq» deb ataladigan - Isroil armiyasi tomonidan Ğazo sektorida nazorat qilinadigan çegara ortida harakat qilmoqda. Astal ştabi armiya kuçlarining eng yaqin avanpostidan 700 metrdan kamroq masofada joylaşgan, deb aniqlik kiritdi telekanal.
Isroil va HAMAS 10 oktabr kuni öt oçişni töxtatişga kelişib oldi. Şundan söng, tomonlar bir neça bor bir-birini kelişuvlarni buzganlikda aybladi. AQŞ HAMAS harakatlari tufayli tinçlik kelişuvlarining buziliş tahdidini e’lon qildi, biroq Falastin harakati ayblovlarni rad etdi.











