KXDR rahbari Kim Çen In Pxenyandagi tadbirni Rossiya bilan munosabatlarning «tarixiy çöqqisi» deb atadi va «Pxenyan doimo Moskva tomonida bölişini» ta’kidladi. Uning sözlariga köra, «jangovar jasoratlar muzeyi» «haqiqiy vatanparvarlarning abadiy xotirasiga bağişlangan muqaddas maskan» böladi.
Memorial tarkibida Rossiya hududidagi janglarda iştirok etgan şimoliy koreyalik askarlarning haykallari, şuningdek ularning jasoratlariga bağişlangan suratlar va badiiy işlar namoyiş etiladi.
Kim Çen In va Rossiya prezidenti Vladimir Putin özaro mudofaa töğrisidagi şartnomani imzolagan bölib, u KXDR tomonidan 2024 yil noyabrida ratifikatsiya qilingan. Bitim tomonlardan biriga tajovuz qilinsa, «zarur bölgan barça vositalar» bilan darhol harbiy yordam körsatiş majburiyatini nazarda tutadi.
2025 yil aprelida Şimoliy Koreya rasman öz askarlarini Rossiyaga yuborganini tasdiqladi, bu haqdagi miş-mişlar ança oldin tarqalgan edi. Ukraina ma’lumotlariga köra, jangovar hududga muhandislar va işçilarni ham öz içiga olgan 14 mingdan köp şimoliy koreyalik harbiy yöllangan.
Janubiy Koreya razvedkasi sentabr oyida keltirgan bahoga köra, Ukraina bilan çegaradoş Rossiyaning Kursk viloyatida kamida 2 ming şimoliy koreyalik askar halok bölgan. Bu körsatkiç aprel oyida xabar qilingan taxminan 600 nafardan ança yuqori. Yaralanganlar soni esa bundan ança köp deb baholanmoqda.
KMTAning ta’kidlaşiça, memorial poydevorini qöyiş marosimida Rossiyaning KXDRdagi elçisi va elçixona xodimlari ham iştirok etdi.












