Oktyabrda röy bermagan haqiqiy – hazonrezgi yomğirli kuz ob-havosiga noyabrning birinçi ön kunligida guvoh bölişimiz mumkin. Biz oktyabr oxiridan kutgan yomğirlar esa yoğmasligi aniqlaşmoqda. Faqatgina baland toğlarda yaxşigina yomğir yoğişi va hatto qor böronlari bölişi kutilmoqda. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimşunos Erkin Abdulahatov.

Özbekistonda oktyabr oyi favqulodda quruq va issiq ötişda davom etmoqda. Yil böyi kuzatilgan jaziramalar va yoğinsiz kunlar afsuski endilikda havoda mavsumiy namgarçilikning ortib borişini çeklab qöymoqda. Şu sababdan mintaqaga taşrif buyurayotgan nam havo oqimlaridan yomğir hosil bölmayapti. Nam havo oqimlari hatto toğlarga öz quvvatini taşlab keta olmayapti. Kuzning uçinçi oyi boşlanib xam yoğingarçilik bölmayotganiga şu omil bölyapti.

Şu bilan birga Tinç okeani markazidagi suv haroratining pasayişi bilan boğliq La-Ninya fenomini sabab endi mintaqamizga kirib keluvçi ğarbiy havo oqimlari marşruti şimolga siljidi. Bu xam Özbekiston uçun yoğingarçilik kam kuzatilişiga olib kelmoqda.

Şunday qilib, kelayotgan 5 kunlikda respublika böylab xarorat biroz pasayadi, yakşanba kuni şimol va toğlarda, seşanba kuni respublikaning ayrim viloyatlarida kam miqdorda yoğinlar bölib ötadi.