«Yonğinlar kelib çiqdi. Köp qavatli va xususiy uylar, yordamçi xöjalik imorati, dökon va avtomobil şikastlandi», — deb yozdi u.

Kiyevga tungi zarbalar natijasida kamida ikki kişi halok böldi, yana 10 kişi yaralandi, deb ma’lum qildi Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkaçenko Telegram’da.

Bundan avval Kiyev meri Vitaliy Kliçko kamida sakkiz nafar jabrlanuvçi haqida xabar bergan, ulardan uç nafari kasalxonaga yotqizilgan. Kliçkoning sözlariga köra, Ukraina poytaxtiga ballistik raketalar uçirilgan. Şaharda portlaşlar bölgan, bir neçta bino yongan.

Poytaxtning Darnitskiy, Desnyanskiy va Dniprovskiy tumanlarida vayronagarçiliklar qayd etildi. Bir neçta joyda kuçli yonğinlar kuzatildi, jumladan, noturar joylarda. Dniprovskiy tumanidagi bolalar boğçasi zarar kördi, oynalar sindi, avtomobillar şikastlandi. Darnitskiy tumanida ombor yonmoqda, yonğinni öçirişga vertolyot jalb etildi.

Umuman olganda, Ukraina Havo kuçlari xabar berişiça, Rossiya 25 oktyabrga ötar keçasi Ukrainaga töqqizta ballistik raketa va 62 ta hujumkor dron uçirgan, şulardan törtta raketa va 50 ta uçuvçisiz apparat urib tuşirilgan.