Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda bojxona idoralari xodimlari hamkorligida Bekobod şahridagi «Farhod» çegara bojxona posti orqali valuta qimmatliklarini Tojikistonga noqonuniy olib çiqib ketilişining oldini oliş maqsadida tezkor tadbir ötkazildi, deb xabar berdi DXX.

Jumladan, Bekobod şahrida yaşovçi 35 yoşli fuqaro 18 680 300 Rossiya rubli (234,6 ming dollar), 140 700 tojik somoni (15 ming dollar) va 180 mln söm özbek sömi (14,8 ming dollar)ni Tojikistonga olib çiqiş maqsadida ularni qismlarga ajratgan holda taşimaçi vazifasini bajaruvçi 34 kişiga (Özbekiston fuqarolari) bölib bergan.

Bu fuqarolar çegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtlarida töxtatib, holat tegişli tartibda rasmiylaştirilgan.

Boşqa bir holatda bekobodlik şaxsning Tracker maşinasi tekşiruvdan ötkazilgan. Avtomobildan esa öramlarga ajratib qöyilgan quyidagi valutalar topilgan:

  • 13 538 305 Rossiya rubli (170 ming dollar);
  • 24 107 tojik somoni (2585 dollar);
  • 885 yevro (1028 dollar);
  • 300 AQŞ dollari;
  • 300 xitoy yuani (42 dollar);
  • 6840 qirğiz somi (78 dollar);
  • 10 mln 207 ming söm (841 dollar).

Bu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi «a» bandi (Bojxona töğrisidagi qonunçilikni buziş, juda köp miqdorda) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Tezkor tadbirlar davomida olingan pul mablağlarining milliy valutadagi umumiy qiymati 5 mlrd 200 mln sömdan ortiqni taşkil etdi, deya aniqlik kiritdi DXX.

Tergov harakatlari davomida valutalarning haqiqiy egalarini aniqlaş böyiça tegişli çoralar körilayotgani qöşimça qilingan.

«Har qanday demokratik jamiyatda qonun ustuvor hisoblanib, unga rioya qilmagan şaxs javobgarlikka tortilişi muqarrar. Bas, şunday ekan, har bir fuqaro mamlakatimizda amalda bölgan qonunlarga itoat qilişi lozim, aks holda, sudning qora kursisida ötirişi mumkin», – deb eslatdi DXX.