Foto: Rossiyaning yirik neft kompaniyasi «Lukoil» boş ofisi / Foto: AFP

AQŞ prezidenti Donald Tramp uzoq vaqtdan beri Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qilib kelgan. Ammo u ikkinçi muddatida hozirgaça heç qanday çora körmagandi.

Nihoyat 22 oktyabr kuni AQŞ Rossiyaning eng yirik ikki neft kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoil» bilan boğliq tranzaksiyalarni blokladi.

Uşbu xabar fonida jahon bozorida neft narxlari beş foizdan köproqqa oşdi. Bu öz navbatida Rossiyaning yirik mijozlari, xususan, Hindistonni Rossiya neftini xarid qilişni töxtatişga undaşi mumkin. Sanksiyalar natijasida Xitoy davlat neft kompaniyalari ham vaqtinça Rossiya neftini xarid qilişni töxtatgan.

AQŞ Moliya vazirligi bu ikki neft kompaniyasini «Moskvaning uruş maşinasini moliyalaştiruvçi manba» sifatida izohladi.

Bu çora Tramp davrida AQŞning Rossiyaga körgan eng bevosita jazolovçi sanksiyasi. U 2022 yil fevralida uruş boşlanganidan beri energetika sohasiga qarşi eng keskin çoralar sirasiga kiradi.

Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi payşanba kuni 2027 yilgaça Rossiyadan suyuq tabiiy gaz importini töliq taqiqlaşga qaror qildi. Bu ham har yili Rossiyaga milliardlab dollar keltiruvçi soha hisoblanadi.

New York Times naşrining yozişiça, bu safargi çoralar ham Kremlni uruşni töxtatişga majburlaydi degan işora hozirça yöq. Rossiya iqtisodiyoti esa tobora çuqurroq inqirozga kiryapti.

Nega yangi sanksiyalar aynan hozir joriy etildi?

Sönggi haftada Trampning Rossiyaga bölgan munosabati keskin özgarib ketdi. 16 oktyabr kuni u Putin bilan Budapeştda sammit ötkazişini e’lon qilgandi. Biroq oradan köp ötmay u uçraşuvni bekor qilib, yangi sanksiyalar joriy etdi.

Tramp bu oy boşida Ğazoda sulh bitimi örnatganidan söng Ukrainadagi uruşda ham xuddi şunday muvaffaqiyatga erişmoqçi edi. Ammo Rossiya sulhni birinçi qadam sifatida rad etdi va Ukraina öz nazoratini yöqotgan hududlardan voz keçişini talab qilmoqda.