Angliya: «Sanderlend» ikkinchi o‘rinda

«Chelsi» – «Sanderlend» 1:2
Gollar: Garnacho, 4 (1:0). Izidor, 22 (1:1). Talbi, 90+3 (1:2)
«Chelsi»: Sanches, Chaloba, Achimpong (Adarabioyo, 76), Kukurelya, Jyeyms, Fernandes, Kaysedo, Joao Pedro (Santos, 85), Garnacho (Estevao, 58), Pedru Netu (Jorj, 85), Giu (Gittens, 76)
«Sanderlend»: Rufs, Ballard, Gertreyda, Mandava, Hyum, Mukele, Sadiki, Jaka, Le Fe (Rigg, 75), Traore (Talbi, 65), Izidor (Brobbi, 75)
Ogohlantirishlar: Santos, 88 – Le Fe, 70

Garnacho o‘yin startidayoq yaqin burchakni aniq nishonga olib, «Chelsi» safidagi ilk golini nishonladi. Argentinalik futbolchi – ko‘klar jamoasi safida bu mavsumda gol urgan o‘ninchi futbolchiga aylandi va Enso Mareska jamoasi bilan bu borada faqat APL yetakchisi «Arsenal» bir xil ko‘rsatkichga ega. Ammo londonliklar muvaffaqiyatni rivojlantira olishmadi, bo‘lim o‘rtalarida mehmonlar to‘purari Izidor mavsumdagi to‘rtinchi golini urib, hisobni tenglashtirdi. Butun o‘yin davomida mezbonlar «qora mushuklar» jarima maydonini qamal qildi, ammo o‘z maqsadiga erisha olmadi, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa raqib himoyachilarning xatosidan foydalanib, g‘alabani ilib ketdi, bu ularning «Stemford Brij»da 2014 yildan buyon ilk bor g‘alaba qozonishidir. Mavsum debyutantlaridan biri bo‘lgan «Sanderlend» endi ochkolari sonini 17 taga yetkazib, turnir jadvalida hozircha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, bu mavsum chempionlik uchun kurashishi kutilgan «Chelsi» esa yettinchi o‘rinda joylashgan.

«Nyukasl Yunayted» – «Fulhem» 2:1
Gollar: Merfi, 18 (1:0). Lukich, 56 (1:1). Gimarayns, 90 (2:1)
«Nyukasl Yunayted»: Poup, Botman (Sher, 61), Tshau, Bern, Trippiyer, Gimarayns, Mayli (Tonali, 61), Joelinton, Gordon (Elanga, 76), Myorfi (Barns, 61), Voltemade (Osula, 86)
«Fulhem»: Leno, Bassi, Diop, Sessenon, Tete, Berge, Lukich (Kerni, 85), Smit-Rou (Kevin, 46), Ivobi, Traore (King, 76), Ximenes
Ogohlantirishlar: Tete, 3. Ivobi, 66

Chempionlar ligasida ishlari yaxshi ketayotgan «Nyukasl» ichki chempionatda turnir jadvalining ikkinchi qismidan ko‘tarilish uchun kurash olib bormoqda. Shanba kungi o‘yinda bu maqsad sari muhim qadam tashlandi, apreldan buyon gol urmagan Myorfi esa maydon markaziga yaqin hududda Bassidan to‘pni olib qo‘ydi va o‘z yurishini gol bilan yakunladi. Ammo «Fulhem» ikkinchi bo‘lim boshida muvozanatni tikladi, mezbonlar esa faqat so‘nggi daqiqalarda bir amallab g‘alaba golini urishdi. Bu vaziyatda ham mehmonlar maydon markazida to‘p yo‘qotishdi va hujumni Bruno Gimaraes qaytgan to‘pni darvoza to‘riga yo‘llash bilan yakunladi.