Iş haftasi oxirigaça Özbekiston böyiça asosan iliq va quruq ob-havo bölişi kutilmoqda. Faqat 29 oktyabrda ayrim toğli hududlarda yomğir yoğadi, baland toğli hududlarda qorga aylanişi mumkin, deb xabar berdi Özgidromet.

Duşanba kuni havo biroz bulutli, ba’zi joylarda özgaruvçan böladi, rsepublika hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi.

Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyati böyiça sovuq front ötişi hisobiga keçga tomon ba’zi joylarda yomğir yoğişi mumkin. Kunduzi havo harorati +23…+28 darajagaça isiydi, şimolda +19…+24 daraja böladi.

28 oktyabrda sovuq front respublikaning barça hududlari böyiça ötadi, ba’zi joylarda kuçsiz yomğir yoğadi, toğoldi va toğli hududlarda esa yomğir yoğadi. Respublikaning baland toğli hududlarida yomğir qorga aylanişi mumkin. Havo harorati pasayadi va +20…+23 daraja atrofida böladi.

Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 27 oktyabrda şimolda va çöl hududlarda, 28 oktyabrda respublika böyiça ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Harorat keçalari +8...+13 daraja, kunduz kunlari +21…+26 daraja atrofida böladi, bu örtaça iqlim me’yoridan 3–5 darajaga yuqoridir.

Toşkent şahrida duşanba kuni kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat +23…+25 darajani taşkil etadi.

28 oktyabrda havo özgaruvçan böladi, kunning ikkinçi yarmida biroz yomğir yoğişi mumkin. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 10–12 metr/soniyagaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi +11…+13 daraja, kunduzi +21…+23 daraja böladi.

29–30 oktyabr kunlari havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat keçalari +11…+13 daraja, kunduz kunlari +22…+25 daraja böladi.