2019 yilda «Çan’e-4» xitoy apparati Oyning orqa tomoniga ilk marta yumşoq qönişni amalga oşirib, keyingi missiyalar uçun zamin yaratdi — bor-yöği beş yil ötib «Çan’e-6» stansiyasi Yerga deyarli ikki kilogramm Oy tuproğini yetkazdi. Uni örganiş tabiiy yöldoşning ikki tomoni örtasida sezilarli farqlar borligini körsatdi: orqa tomon körinadigan tomonga nisbatan sovuqroq, Janubiy qutb — Eytken deb ataladigan eng yirik havza atrofida esa Yerga doim qarab turgan tomon mantiyasiga nisbatan suv ança kam ekani ma’lum böldi.

Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunasini örganar ekan, Guançjou geoximiya instituti (Xitoy) olimlari I-Gan Syuy va Man Lin rahbarligidagi xalqaro tadqiqot guruhi ular tarkibida meteorit kelib çiqişiga ega mikroskopik bölaklar birikmasini aniqladi. Jami holda olimlar mineralogik yoki kimyoviy jihatdan özgargan namuna va boşlanğiç regolit bölaklarini 50 mikrometrdan kiçik ölçamda saralab oldi.

PNAS jurnalida e’lon qilingan ilmiy iş natijalariga köra, çangning ayrim donalari Quyoş tizimining eng «toza» va eng qadimgi jismlaridan biri sanalgan CI-xondritlardan kelib çiqqan. Ular tarkibida 20 foizgaça suv, şuningdek, organik birikmalar mavjud. Yerda bunday obektlar kam uçraydi: juda mört bölgani uçun atmosferada saqlanib qolişi qiyin. Ammo havosiz Oyda ularning fragmentlari milliardlab yillar davomida saqlanib qolgan bölişi mumkin.

Namunalarning kimyoviy tarkibini elektron mikroskopiya orqali tahlil qilib, alohida çang donalarida kislorodning uç karra izotoplarini ölçagan tadqiqotçilar temir, marganets va sinkka boy olivin kristallarini saqlagan yettita juda mayda bölakni aniqladi — bu mineral vulqon jinslari, meteoritlar va impakt eriğlarida köp uçraydi. Keyin tanlangan fragmentlarda temir, marganets va sink nisbatlari ölçandi va moddaning Oydan ham, Yerdan ham kelib çiqişi inkor etildi: bu kristallardagi sink miqdori Oy jinslariga nisbatan yuzlab marta yuqori ekani ma’lum böldi.

Bundan taşqari, izotop xususiyatlari va kimyoviy nisbatlar Yerga yetkazilgan «Xayabusa-2» yapon va OSIRIS-REx amerika missiyalari namuna olgan Bennu va Ryugu nazdegina asteroidlari materiallari bilan töliq mos keldi.

Oy çangi namunalaridagi CI-xondrit fragmentlari aynan uçuvçan moddalarga boy şunday asteroidlar suv va organika yetkazib berişda — faqat Oyga emas, balki Yerga ham — hal qiluvçi rol öynagani haqidagi gipotezani tasdiqlaydi. Ilmiy iş mualliflari ta’kidlaşiça, tört milliard yildan ortiq vaqt avval, kuçli meteorit bombardimoni davrida, Quyoş tizimining içki qismiga oqib kirgan uglerodli jismlar ilgari öylanganidan köra köproq bölgan bölişi mumkin.