Tojikiston va Afğoniston çegarasida tojik çegaraçilari va «Tolibon» harakati kuçlari örtasida qurolli töqnaşuv yuz berdi. Hodisa 25 oktabr kuni Şamsiddin Şohin tumanida sodir bölgan, deb xabar berdi Asia-Plus.

Otişma Tojikistonning Şamsiddin Şohin tumani va Afğonistonning Badaxşon viloyati Şahri Buzurg tumani örtasida joylaşgan Dovang qişloğida sodir bölgan.

Dastlab, mojaroga ikki davlat örtasidagi tabiiy çegara bölgan Panj (Amudaryo) daryosi özanining özgarişi sabab bölgan. Bu masala avval ham tomonlar örtasida tortişuvlarga sabab bölgan.

OAV ma’lumotlariga köra, voqea xorijiy kompaniyalar, jumladan, Xitoy kompaniyalari işlaydigan oltin qazib oliş zonasida sodir bölgan.

Manbalarning ta’kidlaşiça, otişma qurbonlarga olib kelgan, biroq qurbonlar va jarohatlanganlarning aniq soni hozirça ma’lum emas. Qaysi tomondan yöqotişlar borligiga aniqlik kiritilmagan.

Tojikiston rasmiylari va «Tolibon» vakillari hozirça voqeaga izoh bermadi.

Tojikiston «Tolibon» bilan töğridan-töğri aloqalar yöqligini rasman e’lon qilgan Markaziy Osiyodagi yagona davlat bölib qolmoqda. Duşanbe Kobul hukumatini inklyuziv hukumat tuzişga va inson huquqlariga rioya qilişga çaqirmoqda.

Siyosiy pozitsiyaga qaramay, Tojikiston va Afğoniston örtasida savdo-iqtisodiy aloqalar va gumanitar hamkorlik davom etmoqda. Afğonistonning Duşanbedagi elçixonasini avvalgi hukumat tomonidan tayinlangan diplomat boşqaradi, Xoruğdagi konsullikni esa Kobulning hozirgi hokimiyati vakili boşqaradi.

Afğonistonda Tojikiston elçixonasi va konsulligi öz faoliyatini davom ettirmoqda.