Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshirildi
Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflar aholiga 15 foizga oshirildi.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahar hokimining qarori bilan Veolia Energy Tashkent tomonidan ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflar aholiga 15 foizga oshirildi.
Bazaviy tarif QQSsiz 711 641 so‘m/Gkal, aholi uchun 139 860 so‘m/Gkal, budjet tashkilotlari uchun 952 797 so‘m/Gkal, boshqa ulgurji xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun esa 342 296 so‘m/Gkal etib belgilandi.
Bu narxlar xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan 22 avgustda ma’qullangan edi.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan (27 oktabr) e’tiboran kuchga kirishi ta’kidlangan. Ammo qonunchilikka ko‘ra, kommunal to‘lovlar narxi oshadigan bo‘lsa, bu haqda 15 kun oldin OAV orqali xabar berilishi kerak.
Mavzuga oid
16:06
Qurilish vazirligining binosi 182,5 mlrd so‘mga sotildi
16:00
Onkologiya shifoxonalari yopilishi: uzayadigan bemorlar navbati va yopiq qarorlar xavfi
15:38
Toshkentda yirik issiqlik ta’minoti markazi ishga tushirildi
18:10 / 15.12.2025