Londonda joylaşgan Strategik muloqot instituti (ISD) tadqiqotçilari Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi haqida ma’lumot berganda çat-botlar (LLM) köpinça Rossiya davlatiga boğliq manbalarga tayanişini aniqladi. Ular press-relizda qayd etilişiça, tört ommalaşgan çat-bot — ChatGPT, Google Gemini, Grok va DeepSeek'ning ingliz, ispan, fransuz, nemis va italyan tillaridagi qator savollarga javoblarini tahlil qilgan.

«ISD beş tilda 300 ta sörovni sinovdan ötkazdi, natijada Rossiya davlatiga boğliq kontent javoblarning 18 foizida uçradi», — deyiladi press-relizda. RFga boğliq kontent orasida, jumladan, Rossiya davlat OAVdan iqtiboslar, «Rossiya maxsus xizmatlari bilan boğliq saytlar va ilgari çat-bot javoblarini örganiş jarayonida Rossiya axborot operatsiyalarida iştirok etgani ma’lum bölgan saytlar» bor edi.

«Rossiyaparast qaraşlarni aniqlaşga qaratilgan» sörovlarga javoblarda Rossiya davlat manbalari 25 foiz holatda qöllangani aniqlandi, holbuki, «neytral xarakterdagi» sörovlarga javoblarda bu uluş atigi 10 foizni taşkil etdi. «Bu LLM’ni işonçli, qonuniy manbalardan tekşirilgan ma’lumotlarni ilgari suriş örniga, rossiyaparast qaraşlarni mustahkamlaş uçun oson manipulyatsiya qiliş mumkinligini körsatadi», — deydi tadqiqotçilar.

OpenAI kompaniyasiga tegişli ChatGPT boşqalarga nisbatan Rossiya manbalarini tez-tez keltirgani aytilmoqda. xAI tomonidan işlab çiqilgan va Ilon Mask taşabbusi bilan işga tuşirilgan Grok esa köpinça Kremlga boğliq bölmagan, biroq rossiyaparast akkauntlarga tayangan. Şu bilan birga, Google Gemini bu kabi sörovlar uçun köp hollarda «xavfsizlik böyiça ogohlantirişlar»ni namoyon etgani ta’kidlanadi.

Ukrainadagi uruşni tugatiş muzokaralari haqidagi savollarga javob berişda çat-botlar örtaça körsatkiçga nisbatan ikki barobar köp hollarda Moskvaga boğliq manbalarga murojaat qilgan: «Bu LLM himoya çoralarining samaradorligi muayyan mavzuga qarab özgarişi mumkinligini anglatadi», — deydi ISD. Şu bilan birga, nemis va fransuz tillarida savol bergan foydalanuvçilarga Rossiya davlatiga boğliq manbalar eng kam tavsiya etilgan: jami 60 holatdan faqat 9 tasida.