Fransiyaning janubi-şarqida, Valans şahri yaqinida temiryöl kabeliga öt qöyilişi natijasida, duşanba, 27 oktabr kuni taxminan yuzta tezyurar poyezd harakati töxtatildi. Bu «qasddan qilingan harakat», deb ta’kidladi Fransiya transport vaziri Filipp Tabaro ijtimoiy tarmoqlarda.

Hodisa Fransiyaning eng gavjum temiryöl tarmoği — Parij va Marselni boğlaydigan yölda poyezdlar harakatining buzilişiga sabab böldi. SNCF Fransiya temiryöl kompaniyasi ma’lumotiga köra, uzunligi 25 metr bölgan qismda hozir 16 ta kabelni almaştiriş kerak. Doimiy qatnov 28 oktyabr tongidan erta tiklanmaydi, deb kutilmoqda.

Tabaro ta’kidlaşiça, hodisadan taxminan 70 000 yölovçi jabr körgan. «Uzunligi 28 000 kilometr bölgan temiryöl tarmoğimizda diversiyalar va kabel öğirlanişiga qarşi kuraş jiddiy muammo bölib qolmoqda», — dedi u X mikroblogida.

Xabar çop etilgan paytga qadar kabellarni yoqib yuboriş uçun kim javobgar bölişi mumkinligi haqida ma’lumot kelib tuşmagan.

Hodisadan söng Parijdagi Lion vokzalida Marselga ketişi kerak bölgan bekor qilingan poyezdlar uçun çiptani qaytarişni istaganlar navbatlari hosil böldi.

Fransiyada oxirgi oylarda poyezdlar harakatidagi uzilişlar birinçi marta kuzatilayotgani yöq. Jumladan, iyun oyida mamlakatning şimolida kabel öğirlanişi Parij va London örtasidagi Eurostar poyezdlari harakatini bir neça kunga izdan çiqargan edi.

Mart oyida esa Parij atrofida Ikkinçi jahon uruşi davriga tegişli 500 kilogrammli bomba topilişi ortidan minglab yölovçilar poytaxtda qolib ketgandi.

Germaniyada ham oxirgi oylarda bir neça bor kabellarni yoqib yuboriş va temiryöl infratuzilmasiga boşqa zarar yetkaziş holatlari qayd etildi, bu esa uzoq masofaga harakatlanuvçi poyezdlar qatnovida katta kölamli uzilişlarga olib kelgan.