Baumertning dpa agentligi keltirgan sözlariga köra, Vuppertal yaqinidagi Remşayd şahridagi yertöladan topilgan barça qurol-aslahalarning yakuniy röyxatini tuziş uçun yana bir neça kun kerak böladi. Faqat şundan keyin ularning barçasi işlaş holatidami va öq otişga yaroqlimi, aniq aytiş mumkin böladi.
Musodara qilingan qurollar orasida şturm miltiqlari, granatomyotlar, minomyot snaryadlari va pistolet-pulemyotlar bor. Topilgan aşyolarning katta qismi Ikkinçi jahon uruşi davriga taalluqli. Biroq yangiroq namunalar ham uçragan bölib, ular yordamida oğir jinoyatlar sodir etilişi mumkin edi. «Bu narsalar nihoyatda xavfli», — dedi Baumert.
Qurol savdogarlarining mijozlari kim bölgani haqida tergovçilar hozirça ma’lum qilmayapti. Yoşi 34, 37 va 59 da bölgan uç asosiy gumonlanuvçi dastlabki hibsga olingan. AFP agentligi yozişiça, ularga jumladan, jangovar qurol-aslaha bilan noqonuniy savdo qiliş ayblovi qöyilgan. Aybdor deb topilsa, ular ön yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
Qamoqqa olişdan oldin uzoq davom etgan tezkor tadbirlar ötkazilgan. Remşayddagi qurol savdogari haqida dastlabki ma’lumotlar 2024 yil may oyida paydo bölgan. Asta-sekin tergovçilar «xalqaro kölamga ega iş»dan şubhalangan, dedi Baumert. Tergov kengaytirilib, Yevropol iştirokida olib borildi. 2024 yil sentabr oyida maxfiy xodimlar gumon qilinuvçilardan bir neça marta sinov tariqasida xarid amalga oşirgan.
Jurnalistlarga ma’lum qilinganidek, jami 11 ta tintuv ötkazilgan. Remşayddan taşqari, tintuvlar Ham va Tyuringiyadagi Borkslebenda ham bölib ötgan. Amaliyotga 200 dan ortiq xodim, şu jumladan maxsus bölinmalar jalb qilingan. Tergov va musodara qilingan qurol-aslahani ekspertiza qiliş işlari davom etmoqda. Tintuvlar çoğida, şuningdek, narkotik vositalar va naqd pul ham musodara qilindi.










