«Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosati yuritişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

2030 yilgaça fuqaro aviatsiyasi sohasini rivojlantirişning asosiy maqsadli körsatkiçlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- havo transportida xizmat körsatilgan yölovçilar sonini 24 millionga yetkaziş;

- xalqaro va mahalliy yönalişdagi parvozlar sonini 200 mingtaga yetkaziş;

- Özbekiston Respublikasi rezident aviakompaniyalari havo kemalari parkini 180 taga yetkaziş.

2026 yil 1 yanvardan boşlab «Özaviatsiya» agentligini saqlaş uçun Davlat budjetidan ajratmalar bekor qilinadi.

2025 yil yakuni va kelgusi yillar uçun «Özaeronavigatsiya» markazi DUK sof foydasidan Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantiriş jamğarmasiga yönaltiriladigan 20 foiz ajratma bekor qilinadi.