Norvegiya Rossiyaning çeklanmagan masofaga uçişga möljallangan, yadroviy qurilmaga ega “Burevestnik” qanotli raketasi sinovdan ötkazilganini tasdiqladi. Norvegiya Harbiy razvedka xizmati ma’lumotlariga köra, Rossiyaning “Burevestnik” raketasi ötgan hafta Barens dengizida joylaşgan Novaya Zemlya arxipelagidan uçirilgan, deb xabar berdi Reuters duşanba, 27 oktyabr kuni.
«Rossiya Novaya Zemlyada uzoq masofaga möljallangan Skyfall (“Burevestnik”) qanotli raketasining navbatdagi sinov uçirişini ötkazganini tasdiqlay olamiz», — dedi Reuters’ga razvedka xizmati rahbari, vitse-admiral Nils Andreas Stensyones.
Bundan oldin Rossiya prezidentining sözlarini tasdiqlovçi mustaqil ma’lumotlar yoki “Burevestnik” böyiça Ğarb harbiylarining izohlari keltirilmagan edi.
Kreml saytida strategik hujumkor kuçlarning maşqlari haqida bayonot e’lon qilindi. Unda göyoki «strategik yadroviy kuçlarning uçta tarkibiy qismi böyiça öquv-jangovar parvozlar bajarilgani» va «kuçli qurol-aslaha namunalari» — çeklanmagan masofaga ega, yadroviy qurilmali “Burevestnik” qanotli raketasi — sinovdan ötkazilgani aytildi. Putin “Burevestnik”ni öziga xos işlanma deb atab, uni qöllaşning «ehtimoliy usullarini aniqlaş» rejalari haqida gapirdi.
Öz navbatida, RF Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov “Burevestnik” sinovi 21 oktyabr kuni ötkazilganini, raketa 14 000 km masofani bosib ötganini va taxminan 15 soat havoda bölganini bildirdi. «Raketaning texnik xususiyatlari uni har qanday masofada yuqori darajada himoyalangan obektlarga aniq zarba beriş imkonini yaratadi», — dedi u.
AQŞ prezidenti Donald Tramp bu bayonotni «noörin» deb atadi. Unga köra, Putin bundan köra Ukrainaga qarşi uruşni tugatişi kerak. «Bir haftada tugaydi deb öylangan uruş tört yildan beri davom etyapti. U aynan şu bilan şuğullanişi kerak, raketa sinovlari bilan emas», — deb qöşimça qildi Tramp va AQŞning atom suvosti kemalari harakatlari haqida eslatdi.
NATOda Skyfall deb ataluvçi “Burevestnik” raketa loyihasiga ön yildan oşiq vaqt böldi. RF harbiylarining ta’kidlaşiça, u dvigatelga örnatilgan kiçik yadroviy reaktordan quvvat oladi, bu esa nazariy jihatdan uni bir neça kun havoda uşlab turiş mumkinligini anglatadi. Yadroviy tahdidlar böyiça Vaşington taşabbusi (NTI)ning 2019 yilgi hisobotiga köra, Skyfall «yadroviy qurilma olib yuradi, Yer yuzini past balandlikda aylanib uçişi, raketaga qarşi mudofaa tizimlarini aylanib ötişi va rel’yefga mos yöldan borişi, söngra oldindan taxmin qiliş qiyin bölgan joyga qurilmani uçirişi» mumkin.











