«Quruqlik köprigi» (Land Bridge) nomli loyiha — uni allaqaçon «çöl möjizasi» deb ataşmoqda — deyarli 1500 kilometr uzunlikdagi temiryöl orqali Qizil dengizdagi Jiddani Fors körfazidagi Dammam bilan, Ar-Riyod orqali boğlaydi.
Loyiha yakunlangaç, Ar-Riyod–Jidda yönalişida yöl vaqti avtomobilda taxminan 12 soatdan poyezdda tört soatdan kam muddatgaça qisqaradi.
Yangi loyiha mamlakat temiryöl tarmoğini 5300 kilometrdan 8000 kilometrdan ortiqqa kengaytirişni közlaydi. Bu podşohlikka Fors körfazi mamlakatlari va arab mintaqalari uçun muhim logistika va transport uzeliga aylaniş imkonini beradi.
Saudiya Temiryöl kompaniyasi (SAR) yuk va yölovçi stansiyalardan iborat tarmoq barpo etişni rejalaştirmoqda. U podşoh Abdulloh portini yirik sanoat şaharlari, jumladan Yanbu bilan boğlaydi. Modernizatsiya dasturi doirasida SAR soatiga 200 kilometrgaça tezlikka çiqişga qodir 15 ta yangi poyezdga buyurtma berdi.











