GFZ ma’lumotlariga köra, zilzila episentri 10 km çuqurlikda bölgan. Turkiyaning Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar agentligi (AFAD) esa zilzila episentri Baliqesir viloyatidagi Sindirgi şahriga töğri kelganini va 5,99 kilometr çuqurlikda joylaşganini ma’lum qildi.

Silkinişlar Istanbul, Izmir, Bursa, Manisa va mamlakatning boşqa hududlarida ham kuzatildi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, vayron bölgan binolar bor, jabrlanganlar haqidagi ma’lumot aniqlanmoqda.

Dastlabki zilziladan bir neça daqiqa ötgaç, magnitudasi 4,2 bölgan afterşok (keyingi silkiniş) qayd etildi.

Turkiya yirik tektonik yoriqlar ustida joylaşgan va öz tarixi davomida kuçli seysmik faollikni boşdan keçirib kelgan. Dunyodagi eng seysmik faol zonalardan biri — Şimoliy Anatoliya yoriği — mamlakatning şimoliy qismi, Marmar dengizi mintaqasiga yaqin hududdan ötadi, bu yerda Istanbul joylaşgan.

2023 yilda magnitudasi 7,8 bölgan zilzila Turkiyada 53 mingdan ortiq insonning hayotiga zomin bölgan, mamlakatning janubiy va janubi-şimoliy şarqdagi 11 viloyatida yuz minglab binolar vayron yoki şikastlangan. Qöşni Suriyaning şimoliy hududlarida yana 6000 kişi halok bölgan.