Tergov ma’lumotlariga köra, advokat tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi iş yurituvida bölgan jinoyat işi böyiça gumonlanuvçini Xovos tumanidan Sirdaryo tumani IIB vaqtinça saqlaş hibsxonasiga ötkaziş, keyin esa işni sudda uning foydasiga hal qilişni va’da etgani uçun pul talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari iştirokida ötkazilgan tezkor tadbirda u pul mablağlarini qabul qilib olganida uşlandi, mablağlar va tegişli aşyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylaştirildi.

Ma’lumot uçun, uşbu advokat gumonlanuvçining huquqlarini himoya qiliş maqsadida davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş uçun tayinlangani qayd etilgan.

Holat yuzasidan Özbekiston Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.