Tashabbusning maqsadi — keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, dam olishini mazmunli tashkil etish va aholini ichki turizmga yanada jalb qilish.

Nimalar arzonlashadi:

  • joylashish vositalari: respublika bo‘ylab mehmonxona va pansionatlarda 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar;
  • Uzbekistan Airways (ichki reyslar): 60+ yoshli erkaklar va 55+ yoshli ayollar uchun iqtisodiy klass chiptalariga 15 foizgacha chegirma (1–30 noyabr davomida amal qiladi);
  • “O‘zbekiston temiryo‘llari”: mazkur toifadagilarga barcha ichki yo‘nalishlarda (“Afrosiyob”dan tashqari) yo‘l haqining tarif qismiga 20 foiz chegirma;
  • muzey va madaniy meros obektlari (Madaniy meros agentligi): kirish chiptalariga 10 foizgacha chegirma;
  • “Vaqf” fondi ziyoratgohlari: tashrif uchun 20 foizgacha chegirma.

Loyiha davrida bozor, bog‘, ziyoratgoh va muzeylarga tashriflar qulay shartlarda tashkil etiladi. Sayohat paytida xavfsizlik va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish tavsiya etiladi.