Navbatçilikda bölgan MiG-29 harbiy samolyotlari 29 oktyabr kuni Boltiq dengizi ustidan parvoz qilgan Rossiyaning Il-20 samolyotini vizual identifikatsiya qildi, tutib oldi va Polşa mas’uliyat zonasidan çiqarib yubordi. Bu haqda Polşa operativ qömondonligi X mikroblogi orqali xabar berdi.

Polşa tomoni ma’lumotlariga köra, RF samolyoti xalqaro havo hududida razvedka vazifasini bajargan, transponderi öçirilgan va parvoz rejasi taqdim etilmagan. «Samolyot Polşa havo hududini buzmagan», — deya ta’kidlanadi xabarda.

Sönggi oylarda Polşa va boşqa NATO davlatlari havo hududida bir neça bor noaniq dronlar paydo bölib, jumladan, xalqaro aeroportlar faoliyatiga ham xalal bergan.

Jumladan, 19 sentabr kuni Estoniya Mudofaa kuçlari Boş ştabiga köra, Rossiyaning uçta MiG-31 samolyoti Fin körfazi ustidan mamlakat havo hududiga ruxsatsiz kirib, u yerda 12 daqiqa bölgan. Bunga javoban Estoniya TIV RFning muvaqqat işlar böyiça vakilini çaqirib, nota topşirdi. RF Mudofaa vazirligi esa Estoniya havo hududi buzilmaganini ta’kidlamoqda. Ayrim kuzatuvçilar bunday hodisalarni Rossiya Ğarbga qarşi olib borayotgan gibrid uruşi bilan boğlaydi.