Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen va Şimoliy Yevropa mamlakatlari rahbarlari Ukrainaga yordamni moliyalaştiriş maqsadida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalaniş masalasi yuzasidan 2025 yil dekabridagi YeI sammitida yeçim topilişini kutmoqda. «Men reparatsion kredit ğoyasini qat’iy qöllab-quvvatlayman», — dedi Daniya boş vaziri Mette Frederiksen seyşanba, 28 oktyabr kuni, Şvetsiya poytaxti Stokholmda ötgan Şimoliy kengaş doirasidagi yillik majlisda.

Daniya hukumati rahbarining ta’kidlaşiça, bunday çora unga «yagona yöl»dek körinyapti: «Rossiya Ukrainaga keltirgan zarari uçun tölov qilişi ğoyasi menga ma’qul. Men uçun reparatsiya körinişidagi kreditga muqobil variant yöq». U dekabr oyidagi uçraşuvda Yevropa mamlakatlari «qandaydir qarorga kelişi şart»ligini işonç bilan aytib ötdi. Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson ham şunday dedi: «Biz dekabr oyidagi Yevropa kengaşi yiğilişida bu qarorni qabul qilişga qat’iy bel boğlaganmiz».

Yevropa Ittifoqining 23 oktyabr kuni bölib ötgan sammitida, boşqalar qatorida, Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan Ukrainaga köp milliardli reparatsion kredit beriş imkoniyati muhokama qilingan, ammo öşanda konsensusga kelinmagan edi. Aktivlarning asosiy qismi muzlatilgan Belgiya boş vaziri Bart De Vever masalani dekabr oyidagi navbatdagi Yevrokengaş majlisigaça qoldirişni nazarda tutuvçi formulirovkani qabul qilgan.

Şundan söng Yevropa komissiyasi mavzuni yanada işlab çiqiş mandatiga ega böldi va Ursula fon der Lyayyen qabul qilingan qarorni şunday talqin qildi: «Hammamiz reparatsion kredit bölişiga rozi böldik, endi uni qanday amalga oşiriş va qaysi variant eng ma’qul ekani yuzasidan kelişişimiz kerak». U Kiyevga bunday kredit beriş taklifini «huquqiy jihatdan asoslangan» deb atadi.

YeI rahbariyati rejasiga köra, Yevropada muzlatilgan Rossiya Markaziy banki aktivlari hisobidan Ukrainaga jami 140 mlrd yevro miqdorida foizsiz kredit berilişi mumkin. Bu mablağlar faqat harbiy xaridlarni moliyalaştirişga yönaltiriladi.

Yevropa Ittifoqi pozitsiyasiga binoan, Ukraina bu kreditlarni Rossiya unga barça reparatsiyalarni tölab bölganidan keyingina qaytarişi kerak böladi. Yevropa komissiyasi ma’lumotlariga köra, YeI hududida Rossiya Markaziy bankining taxminan 200 mlrd yevro aktivlari muzlatilgan, ularning katta qismi Bryusseldagi Euroclear qimmatli qoğozlar depozitariyida saqlanadi.

Bunday ğoyaga Belgiya hokimiyati ehtiyotkorlik bilan yondaşmoqda — Bryussel aktivlardan foydalanişning huquqiy oqibatlaridan va yevro uçun ehtimoliy zarardan xavotirda. Kreml esa bu sxemani aktivlarni «musodara qiliş» va «öğrilik» deb atadi.