Ukraina ön yillab uruş olib bormaydi, ammo YeI ma’lum bir muddat davomida Ukraina davlatini barqaror ravişda moliyalaştirib turişi lozim. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy seşanba, 28 oktyabr kuni Kiyevda jurnalistlar bilan suhbatda aytib ötdi. U şu tariqa Polşa boş vaziri Donald Tuskning Ukraina Rossiya bilan yana bir neça yil urişişga tayyor ekani haqidagi sözlarini izohladi.

25 oktyabr kuni The Sunday Times naşriga bergan intervyusida Tusk, göyoki Zelenskiy bilan oxirgi suhbatida u aytgan gaplariga tayanib, Ukraina «yana ikki-uç yil uruşga tayyor»ligini bildirgan edi. Ukraina rahbarining ta’kidlaşiça, uning bayonoti uruş muddatiga emas, balki şeriklar — xususan, muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalaniş hisobiga — Ukrainaga barqaror moliyaviy yordam körsatişga oid bölgan.

«Men ularga (Yevropa şeriklariga) aytdim — biz ön yillab uruş qilmaymiz, ammo siz ma’lum bir vaqt mobaynida Ukrainani barqaror moliya bilan qöllab-quvvatlay olişingizni körsatişingiz kerak. Şu bois şunday dastur bölişi kerak — 2–3 yil. Keling, urğu berib aytamanki, 2–3 yil davomida biz Ukrainaga moliyaviy jihatdan barqaror yordam beramiz», — deya Zelenskiyning sözlarini keltiradi «Interfaks-Ukraina» agentligi.

Uruş bundan oldinroq ham tugaşi mumkinligini qayd etgan Zelenskiy, biroq pul baribir kerakligini — tiklaniş uçun zarurligini ta’kidladi. «Agar uruş bir oydan keyin tugasa, bu mablağlarni tiklaşga sarflaymiz. Agar u bir oyda emas, ma’lum vaqt ötgaç tugasa, demak, ularni qurolga yönaltiramiz. Bizning boşqa çoramiz yöq», — dedi Ukraina prezidenti.