Uşbu voqea Özbekiston avtomobil sanoatining eksport yönalişini rivojlantiriş va Kia brendining Markaziy Osiyodagi mavqeini mustahkamlaşda muhim bosqiç böldi. ADM Global kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvçi ADM Jizzakh zavodida işlab çiqarilayotgan avtomobillar mahalliylaştiriş va yiğişning yuqori darajasini tasdiqlagan holda xalqaro sifat va xavfsizlik standartlariga töliq javob beradi.

Yaqin vaqt içida Duşanbeda Kia kompaniyasining flagman şourumi oçilib, u Tojikistonda brend avtomobillarini sotiş va xizmat körsatişning asosiy markaziga aylanadi. Bu yerda Kiaʼning barça sönggi modellari, şuningdek, texnik xizmat körsatişdan tortib, asl ehtiyot qismlar dasturigaça bölgan barça servis xizmatlari taqdim etiladi.

Tojikistonga eksportning boşlanişi yetkazib beriş geografiyasini kengaytiriş va eksport salohiyatini mustahkamlaş böyiça ADM Global strategiyasining mantiqiy davomi böldi. 2025 yil bahorida Qirğizistonga eksport muvaffaqiyatli yölga qöyilgandan söng, Tojikiston bozoriga kirib boriş brendning işonçli rivojlanayotgani va Özbekiston avtomobilsozlik sanoatining mintaqaviy markaz sifatidagi örni ortib borayotganini körsatmoqda.

ADM Jizzakh har bir yangi eksport yönalişi bilan Özbekistonning xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy avtomobillarning işonçli işlab çiqaruvçisi sifatidagi obrösini mustahkamlamoqda.

Sayt | Elektron poçta

ADM Global

Instagram |