AQŞ kafolati ostida katta tantana bilan e’lon qilingan sulh 1-bosqiçdayoq boşi berk köçaga kirib qolgandek körinmoqda. Isroil Hamasni sulhbuzarlikda ayblab, otaşkesim boşlanganidan beri yuzdan ortiq falastinlikni öldirişga ulgurdi. Vaziyat yuzasidan Kun.uz studiyasida professor Farhod Karimov va Progressiv islohotlar markazi eksperti Umrbek Yusupov şarhi.
Farhod Karimov: Isroil öz hujumlarini göyoki Hamas tomonidan sulh şartlari buzilgani bilan boğlamoqda. Hamas jasadlarning hammasini ham topşirmagani yoki ayrim jasadlar boşqa odamlarga tegişli degan vajlar ilgari surilyapti. Ğazoda Isroil askari snayper hujumiga uçragani ham sabab qilib körsatilyapti.
Ikki yillik uruş davomida Hamas generallari va yetakçilari yöq qilindi, şahar infratuzilmasi vayron qilingan. Bunça vaqt mobaynida, uruş şaroitida jasadlarni bir joyda saqlaş ham Hamas uçun jiddiy muammo bölgan. Hozir ular ölgan asirlarning jasadlarini topişga harakat qilyapti, lekin buni qançalik uddalaşi söroq ostida. Çunki tunnellar vayron qilingan, harbiy omborxonalar va yirik kasalxonalar yöq qilingan. Isroil esa bu vaziyatni öz foydasiga işlatmoqda va harbiy harakatlarni qayta tiklaş uçun imkoniyat yaratmoqda.
Sulh tuzilişida musulmon davlatlardan Turkiya va Qatar vositaçi edi, ular Hamasni sulh şartlariga rozi qilişga va muzokaralarga jalb etişga mas’ul edi. Şu bilan birga, Ğazoga gumanitar yordam yetkazilişini kafolatlaş vazifasini ham bajardi. Lekin Isroil hujumlarini töxtatişga ular kafillik bermagan. AQŞ esa, Isroil kabi Hamasni şartlarni bajarmaganlikda ayblab, Isroilning javobini qöllab-quvvatlayapti.
Şunday ekan, hatto 10 oy kutilsa ham, Hamasda jasadlarni topib beriş imkoniyati noaniq. Şu sababli, Isroil bu vaziyatni öz foydasiga manipulyatsiya qilişi mumkin. Hozir Isroil uçun içki bosim kamaygan, çunki tirik asirlarni qaytariş masalasi hal bölgan va hukumatga deyarli bosim yöq. Şu bois, Isroil har qanday harbiy operatsiyani ma’lum şaroitda erkin amalga oşirişga qodir.
Umrbek Yusupov: Ğazodagi vaziyat ayni paytda juda murakkab. Ötgan suhbatimizda aytganimdek, birinçi bosqiç juda mört edi. Ikkinçi bosqiçga ötiladimi-yöqmi, bu birinçi bosqiçning qanday bajarilişiga boğliq. Isroil sulh boşida asirlar röyxatini bekorga e’lon qilmadi; ularni birma-bir e’lon qilib, heç qayeriga zarar yetkazmasdan, oxirigaça yetkaziş talabini qöygan. Hamas bunga rozi bölgan. Bunda, Isroil birinçi bosqiç oxiriga yetkazilmasligini oldindan hisobga olgan, deb öylayman.










