Germaniya federal kansleri Fridrix Mers mavjud kelişmovçiliklarga qaramasdan Turkiya bilan ikki tomonlama munosabatlarni çuqurlaştiriş va strategik hamkorlikni rivojlantirişni taklif etdi. Nemis hukumatini boşqariş lavozimida Anqaraga amalga oşirgan birinçi taşrifi doirasida Mers 30 oktyabr kuni NATO böyiça ittifoqdoşni taşqi siyosat va xavfsizlikning deyarli barça masalalarida almaştirib bölmas hamkor, deb atadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşuvda u Germaniya va Yevropa uçun uşbu mamlakat bilan mustahkam strategik hamkorlikka muqobil yöl yöqligini qayd etdi va Anqara bilan Yevropa darajasida strategik muloqot uyuştirişni taklif qildi.
Mers şuningdek Turkiya bilan murakkab munosabatlarni yangi asosga qöyiş istagini ta’kidladi. «Keling, munosabatlarimizdagi ulkan salohiyatdan kelasi oylar va yillarda yanada yaxşi foydalanamiz, — dedi u Erdöğan bilan qöşma matbuot anjumanida. — Bunga jiddiy asoslar bor, zero biz yirik davlatlar siyosati belgilayotgan yangi geosiyosiy bosqiçga kirib bormoqdamiz».
Bundan taşqari, kanslerning fikriça, Germaniya va Yevropa uşbu hamkorlikda mujassam iqtisodiy imkoniyatlardan ham yaxşiroq foydalanişi lozim. Mers, jumladan, migrantlarni qaytariş masalasida Turkiya bilan hamkorlikning ahamiyatini körsatib, ikki davlatning bu sohada «bundan-da katta ilgarilaş»ga erişişni maqsad qilib qöyganini ta’kidladi.
Matbuot anjumanida Mers Turkiyada Erdöğan muxoliflariga nisbatan ta’qib va Istanbul meri Akrom Imomöğli işini oçiq tilga olmadi.
Turkiyaning YeIga a’zo böliş istiqbollariga töxtalarkan, u bir qator tortişuvli masalalar borligidan «taşviş» bildirdi. Xususan, Turkiyada sud hokimiyatining mustaqilligi masalasi Yevropa Ittifoqi kutayotgan mezonlarga töliq mos emasligini aytdi va bu «hozirgi muhokamalar mavzusi» ekanini qayd etdi. Mers Kopenhagen mezonlarini eslatib, Turkiyada qabul qilingan ayrim qarorlar qonun ustuvorligi va demokratiya standartlariga mos kelmasligini bildirdi.
Şu bilan birga, Mers Turkiyani «Yevropa Ittifoqi bilan yaqin boğlangan» deb hisoblaşini va uning Yevropa bilan yaqinlaşuvini istaşini ta’kidladi.
Matbuot anjumanida Mers va Erdöğan örtasida Isroil va Ğazo sektoridagi uruş mavzusida bahs yuz berdi. Mers Isroilni qöllab-quvvatlaş bayonoti bilan çiqiş qilganidan söng, Erdöğan Isroil hokimiyatini «genotsid»da aybladi.
Turkiyaga kelgan Mers taşrif rasmiy dasturidan taşqari GFR elçisining qarorgohida fuqarolik jamiyati vakillari bilan uçraşdi. Taşrif oldidan qator partiyalar vakillari kanslerni Turkiyada tobora avtoritarlaşib borayotgan boşqaruv şaroitida demokratiya tamoyillari va inson huquqlari masalasini kötarişga çaqirgan edi.











