Namangan şahrida huquqni muhofaza qiluvçi idoralar hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir çoğida biologik faol qöşimçalar (BFQ) işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi MÇJga tegişli sex közdan keçirildi. Tekşiruvda korxona belgilangan tartib-qoidalarni qöpol ravişda buzgan holda, nomlarini özgartirib, 9 turdagi kontrafakt dori vositalarini qölbola usulda tayyorlab kelgani aniqlandi.

Joydan umumiy qiymati taxminan 30 mlrd sömga teng tovar-moddiy boyliklar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi: 1,2 mlrd sömdan ortiq qiymatdagi 9 turdagi 138 031 quti dori va BFQ, 1,8 mlrd sömlik prekursorlar, 3,4 mlrd sömlik flakon, qopqoq, quti va etiketkalar, şuningdek 18 mlrd sömlik 14 nomdagi uskuna hamda 5,6 mlrd sömlik 23 dona maxsus idiş.

Ma’lumotlarga köra, qalbaki dori vositalari Farğona vodiysi, Toşkent şahri va boşqa hududlarga yetkazib berib kelingan. Hozirda ekspertiza tayinlangan, suriştiruv işlari olib borilmoqda.