Toşkent şahar IIBB YHXB ma’lumotiga köra, 2025 yil 31 oktyabr kuni soat 18:00 atrofida Mirzo Uluğbek tumani, Möminova — Olimlar köçalari kesişmasi hududida Cobalt va Lixiang rusumli transport vositalari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Tez tibbiy yordam xodimlari voqea joyida Cobalt haydovçisi va yölovçisini körikdan ötkazib, zarur birlamçi yordam körsatgan.

Hodisa sabablari va iştirokçilarning harakatlari qonuniy baholanişi uçun Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Qöşimça ma’lumot oçiqlanganda xabar yangilanadi.