Qayd qilinişiça, NEO vazifalarning faqat bir qismini mustaqil ravişda bajaradi. U hal qila olmaydigan vaziyatga duç kelganida, işga masofadan turib işlovçi operator - kameralar orqali «robotning közi bilan qaraydigan» va uning harakatlarini boşqaradigan haqiqiy odam qöşiladi.
Kompaniya bunday yondaşuvni Expert Mode deb atadi: operator robotga murakkab harakatlarni bajarişga yordam beradi (masalan, nostandart buyumni tozalaş yoki texnika bilan özaro ta’sir), bu jarayonda esa robot kelajakda buni özi takrorlaşi uçun sun’iy intellekt tizimini öqitadi.
Amalda bu NEO hali töliq avtonom qurilma emasligini anglatadi.
Işlab çiquvçining ta’kidlaşiça, masofadan boşqariş xato emas, balki örganiş bosqiçidir. Ammo savollar tuğiladi: uyda nima bölayotganini kim körib ötiradi va bu ma’lumotlar qanday saqlanadi?
NEO - maişiy robototexnika sohasida oldinga taşlangan ta’sirçan qadam, ammo hozirça u nafaqat «kelajakning aqlli yordamçisini», balki ekran ortida işlayotgan robot kiyimidagi odamni eslatadi.












