Uçraşuvda ikki mamlakat OTM örtasida bakalavr va magistratura bosqiçlarida qöşma ta’lim dasturlarini yölga qöyiş, dual diplom loyihalari mexanizmini işlab çiqiş hamda talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. 

Tomonlar özaro tan oliş, öquv dasturlarini uyğunlaştiriş, stajirovkalar va qöşma seminar-treninglar taqvimini şakllantiriş böyiça kelişib oldi.

Şuningdek, ilmiy-tadqiqot hamkorligi, laboratoriya bazalaridan qöşma foydalaniş, startap va innovatsion guruhlarni qöllab-quvvatlaş kabi yönalişlarda hamkorlikni institutsional darajada mustahkamlaş nazarda tutildi. 

Axborot-texnologik yeçimlardan samarali foydalaniş va raqamli ta’lim platformalarini joriy etiş ham ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etildi.