Polşa Qurolli kuçlarining Operativ qömondonligi 31 oktyabr kuni ma’lum qilişiça, polyak qiruvçilari Boltiq dengizi ustida bir hafta içida uçinçi marta Rossiya razvedka samolyotini tutib olgan. «Bu joriy haftadagi uçinçi şunday holat bölib, Rossiya aviatsiyasining Boltiqböyi mintaqasidagi faolligi oşganini tasdiqlaydi», — deyiladi qömondonlikning X (tviter)dagi akkauntida.
Polşa tomonining xabar berişiça, hodisa tongda sodir bölgan. Rossiyaning Il-20 samolyotini tutib oliş uçun navbatdagi juft MiG-29 qiruvçilari havoga kötarilgan. «Rossiya samolyoti yana parvoz rejasini taqdim etmasdan va transponderini öçirgan holda uçgan, bu esa mintaqada harakat xavfsizligiga potensial tahdid tuğdiradi», — deb yozdi polyak harbiylari. Bayonotda «Polşa havo hududi buzilmagani» alohida ta’kidlandi.
Xabarda aytişlariça, Polşa armiyasi «töliq jangovar tayyorgarlikda» bölib, NATO ittifoqçilari bilan yaqin hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining har qanday «provokatsion harakatlari»ga samarali javob bermoqda.
30 oktyabr tongida ham Polşa HHKning ikki MiG-29 qiruvçisi Boltiq dengizida Polşa havo hududi yaqinida Rossiyaning Il-20 samolyotini tutib olgan edi. Şuningdek, ikki kun oldin — 28 oktyabr kuni — öxşaş holat qayd etilgan: öşanda ham Rossiyaning Il-20’i xalqaro suvlar ustida parvoz rejasisiz va transponder öçirilgan holda uçgan, ammo Polşa havo hududiga kirmagan. Rossiya Mudofaa vazirligi bu hodisalarga izoh bermadi.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi fonida NATO davlatlari havo hududiga dronlar va samolyotlar kirib ketişi holatlarini bir neça bor qayd etdi. Ayrim hodisalar Rossiya bilan boğliq.
10 sentabrga ötar keçasi 19 ta Rossiya droni Polşa çegarasini kesib ötgan, ularning aksariyati Belarusdan uçib kelgan. Tutib oliş uçun Polşa va boşqa NATO mamlakatlari qiruvçilari jalb etilgan. Varşava buni RFning ongli hujumi deb baholab, Şimoliy Atlantika şartnomasining 4-moddasiga muvofiq NATO ittifoqçilari bilan maslahatlaşuvni söragan. Moskva ayblovlarni asossiz deb atagan.

















