Hujum şanba kuni keçqurun Kembrijşir grafligi hududida, Angliya şimoli-şarqidagi Donkaster şahridan Londondagi Kings-Kross vokzaliga kelayotgan poyezdda sodir bölgan.

Poyezd yölovçilari politsiya va favqulodda xizmatlarga qönğiroq qilib, hujum haqida xabar bergan. Ularning sözlariga köra, kamida bir kişi piçoq bilan qurollanan holda poyezd yölovçilariga hamla qilgan.

Hodisa haqida ma’lum bölgaç, köp sonli politsiyaçilar va favqulodda vaziyatlar xodimlari Kembrijşirdagi Hantington stansiyasiga yetib kelişgan, poyezd şu yerda rejadan taşqari töxtaşni amalga oşirgandi.

Qurollangan politsiyaçilar poyezdda ikki kişini hujumga aloqadorlikda gumon qilib qölga olgan.

Yakşanba kuni tuşdan keyin politsiya hibsga olinganlarning ikkalasi ham Britaniya fuqarolari ekanini aniqladi. Ulardan biri 32 yoşli qora tanli britaniyalik, ikkinçisi kelib çiqişiga köra Karib dengizi havzasiga mansub bölgan 35 yoşli erkak. Ularning ikkisi ham Britaniyada tuğilgan. Ularning şaxsi oçiqlanmagan.

Sönggi ma’lumotlarga köra, hujum oqibatida jami 11 nafar yölovçi jabrlangan. Dastlab şifoxonada hayot uçun xavfli bölgan jarohatlar bilan töqqiz kişi yotqizilgani xabar qilingandi. Aniqlik kiritilişiça, ulardan tört nafari allaqaçon kasalxonadan çiqarilgan, ammo ikki nafar jabrlanuvçining ahvoli oğirligiça qolmoqda. Yaradorlarning ismlari ham aytilmayapti.

Yakşanba kuni ertalab Hantington bekati yopiq edi. Guvohlarning sözlariga köra, hujum sodir etilgan poyezd platformada qolmoqda, politsiya voqea joyida işlaşda davom etmoqda.

Uşbu hududda poyezdlar harakati qisman keçiktirilgan, ayrim reyslar bekor qilingan, odamlar yakşanba kuni iloji boriça sayohat qilmaslikka çaqirilgan. Şuningdek, avtotransport vositalari harakatiga bir qator çeklovlar saqlanib qolmoqda.

Guvohlar nima deydi?

Hujum paytida nima bölgani tafsilotlari kelib tuşmoqda.

Hodisa vaqtida poyezdda bölgan Olli Fosterning aytişiça, yölovçilar vahimaga tuşgan, qonga belangan qurbonlar esa qiçqirgan va yordam söragan.