Amerika prezidenti Donald Tramp AQŞning Venesuela bilan uruş ehtimoliga şubha bildirdi, biroq Nikolas Maduroning mamlakat rahbari sifatidagi kunlari sanoqli, degan fikrda. Tramp bu haqda CBS’ning “60 daqiqa” dasturiga bergan intervyusida aytib ötdi, körsatuv 2 noyabr kuni efirga uzatildi.
Ikki davlat örtasida harbiy harakatlar boşlanişi ehtimoli haqidagi savolga Oq uy rahbari: «Men bunga şubha bilan qarayman. Men şunday deb öylamayman», — deb javob berdi. Maduro yaqin orada hozirgi lavozimini tark etişi yoki etmasligi haqida söralganida esa Tramp: «Men şunday degan bölardim — ha», — dedi.
AKŞda narkotik savdosida ayblaş xavfi ostida turgan Maduro esa, avvalroq, bu ayblovlar Vaşington tomonidan Karakasda “rejim almaşişini” majburiy tarzda amalga oşiriş va Venesuela neftini qölga kiritiş bahonasi sifatida işlatilayotganini aytgan edi, deb xabar berdi AFP.
2025 yil sentabr oyi boşidan AQŞ harbiy kemalari xalqaro suvlarda joylaşgan, Vaşington versiyasiga köra Venesuela narkotik kartellari bilan boğliq kemalarga bir neça bor zarbalar berdi. Şu bilan birga, Qöşma Ştatlar Venesuela sohillari yaqiniga kiçik guruhini joylaştirib, buni narkotik savdosiga qarşi kuraş bilan asosladi va Puerto-Rikoga qiruvçilarini yubordi.
Sentyabr örtasida Karakas Venesuelaning hududiy suvlarida “Karib suvereniteti 200” nomli harbiy maşqlarni ötkazdi. Reuters va The New York Times (NYT) 7 oktyabr kuni xabar berişiça, Tramp Venesuela bilan munosabatlarni normallaştiriş urinişlarini töxtatgan. NYT ma’lumotiga köra, AQŞ mojaroni kuçaytirişning bir neça ssenariylarini işlab çiqqan, şu jumladan Maduroni hokimiyatdan kuç bilan çetlatiş variantini ham.

















